Vazifalari va funksiyalari:
– Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizimdagi hududiy mansub tashkilotlar (muassasalar) hamda hududiy bo‘linmalarda hujjatlar bilan ishlash, idoraviy ish yuritish va ijro intizomini tashkil etish;
– idoraviy ish yuritish, ijro intizomi talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, ularni tartibga solish va muvofiqlashtirib borish hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatni yana-da takomillashtirishga qaratilgan hujjatlarini tayyorlash;
– vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari: bosh boshqarmalar, boshqarmalar hamda mustaqil bo‘limlar bilan birgalikda vazirlik ish rejalarini (dasturlarini) tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish, shuningdek, vazirlik Hayʼati majlislari o‘tkazilishini taʼminlash;
– yuqori turuvchi tashkilotlar, vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarida, shuningdek, xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan uchrashuvlar va yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun vazirlik rahbariyatiga zaruriy axborot va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va taqdim etish;
– vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari (muassasalar)ning axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash;
– vazirlik faoliyatini joriy va istiqbolli rejalashtirish, belgilangan rejalar ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish;
– vazirlik Hayʼatining majlislari va vazirlik rahbariyati huzuridagi majlislarni yuqori saviyada o‘tkazilishini taʼminlash;
– vazir rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruhlar, shuningdek, boshqa tadbirlar yuzasidan hisobotlar va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash;
– vazirlik rahbariyati tomonidan xalqaro moliya institutlari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixona va konsullik xonalari vakillari hamda chet davlatlarning vazirlik va idoralari (boshqa tashkilot va kompaniyalari) rahbar va masʼul xodimlarini qabul qilish maqsadida o‘tkaziladigan uchrashuvlar va qabullar uchun tegishli boshqarmalardan tahliliy maʼlumotlarni olish, shuningdek, ularni protokollashtirib borish.
– devonxona faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: