Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
1. G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligini tashkil etish, ularning yangi va istiqbolli navlarini aniqlab borish hamda ishlab chiqarishga joriy etishda faol ishtirok etish.
2. Paxta yetishtirishni zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalar asosida tashkil etish hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish.
3. G‘o‘za hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi va zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganib borish, uni ishlab chiqarishga joriy etishda faol qatnashish.
A) paxtachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlar, farmoyishlar va buyruqlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida:
– Respublikada paxtachilikning rivojlanish holatini tahlil qilib, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
– hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, respublikada paxta xomashyosini yetishtirish hajmini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
– paxtachilik sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi va takliflar beradi;
B) G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligini tashkil etish, ularning yangi va istiqbolli navlarini aniqlab borish hamda ishlab chiqarishga joriy etish sohasida:
– jahon bozori konyukturasini hisobga olgan holda g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligini tashkil etadi g‘o‘zaning yangi istiqbolli navlarini aniqlab boradi;
– g‘o‘zaning ro‘yxatga olingan, istiqbolli navlarni ishlab chiqarishga joriy etishda faol qatnashadi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, g‘o‘za urug‘chilik, seleksiya va sinov ishlari bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi Respublika va mahalliy idoralar, ilmiy tashkilotlar, korxonalar va fermerlar xo‘jaliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
V) paxta yetishtirishni zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalar asosida tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish sohasida:
– hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, g‘o‘zani yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha joylardan berilgan takliflarni tahlil qiladi va rahbariyatga taklif beradi;
– ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda paxta xomashyosini yetishtirishning zamonaviy, resurstejamkor texnologiya va agrotexnikasini ishlab chiqadi va joriy etadi. Respublikada hamda chet ellardagi fan-texnika yutuqlaridan va samarali texnologiyalardan keng foydalanishni targ‘ib qiladi, tarmoqda bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos yo‘nalishlarni joriy etadi;
G) g‘o‘za hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi va zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganib borish, uni ishlab chiqarishga joriy etish sohasida:
– g‘o‘zadan yuqori sifatli hosil olish bo‘yicha ilg‘or va resurstejamkor agrotexnika usullarini qo‘llash, texnika, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalardan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha fan-texnika yutuqlari, ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni joylarga tatbiq etadi;
– tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va mehnatni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: