Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918-yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida – qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930-yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.
1991-yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi.
Universitet kichik bir fakultetdan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik o‘quv va ilmiy markazga aylandi.
1969-yildayoq oliy o‘quv yurtida texnik taʼlim vositalari laboratoriyasi tashkil qilingan. 70-yillar boshida birinchi lingofon kabineti tashkil etilgan.
1979-yilda mustaqil ilmiy bo‘limlar tashkil qilindi: qishloq xo‘jaligi ilmiy tajriba stansiyasi, 1 ta muammoli va 4 ta sohaga oid ilmiy tekshirish laboratoriyalari, 1932-yilda Oliy o‘quv yurtida aspirantura tashkil qilindi.
Hozirgi kunda muassasada xalqaro munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ularga asosan universitetning talabalari Germaniya, Rossiya singari davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda, professor-o‘qituvchilar dunyoning turli davlatlariga halqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: