Dorivor o‘simlik plantatsiyalarini tashkil etish.
Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmasevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.
Respublikada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida dorivor va ziravor o‘simliklar jami 17,3 ming gektarga, jumladan asosiy maydonlarda 4,2 ming gektar va lalmi maydonlarda 13,1 ming gektarga yetkazildi hamda 19,1 ming tonna xom ashyo tayyorlandi.
2022 yilda klasterlar soni 16 taga hamda dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari soni jami 235 taga yetkazildi.
2022 yilda 60,024 mln dollar miqdorida 42 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar mahsulotlari 40 ta davlatga eksport qilindi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosi hamda ular asosida olingan mahsulotlar eksport geografiyasi
2022 yilda kovrak (10,3 mln dollar) kovul (9,3 mln dolllar) va qizilmiya (30,5 mln dollar) hamda boshqa dorivor o‘simliklar xom ashyosi eksport qilindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: