Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sabzi

AGRO.UZ > Sabzi
AGRO.UZ > Sabzi

Zarari: sabzining maysalarida qora songa o‘xshash belgilar paydo bo‘ladi. Natijada o‘simlik barglari sarg‘ayadi, buraladi va nobud bo‘ladi.

Kurash choralari: sabzini bir joyga 4-5 yildan ortiq ekmaslik, almashlab ekish, kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borish va yig‘im-terimdan keyin o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish.

Zarari: barglarda jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi, ular qo‘ng‘irlashib, buralib quriydi.

Kurash choralari: sabzini har 3-4 yilda almashlab ekish va o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish.

Zarari: kasallik barglardan ildizmevaga o‘tgach, sabzilar yumshab, chirib ketadi. Sabzini saqlash paytida namlik va harorat yuqori bo‘lganda, kasallik tez tarqaladi.

Kurash choralari: o‘simlikning fomozga qarshi chidamliligini oshirish uchun, kuzda yer haydalganida solinadigan kaliyli o‘g‘itlar miqdorini ko‘paytirish zarur.

Zarari: sabzi lichinkalari ildiz ichiga kirib, uni yeydi.

Kurash choralari: sabziga qarshi tuproqqa kul sepib, chopiq qilinadi. Agrotexnik tadbirlardan tashqari, sabzi pashshasiga qarshi piyoz po‘stining damlamasini ham ishlatish mumkin.

Sababi: ildizmevali sabzavotlar avvaliga kamroq sug‘orilib, keyin dabdurustdan to‘yintirib sug‘orilganda yoriladi, ochiq dalada yetishtirganda, bunga kuchli yomg‘irlar ham sabab bo‘ladi. Yorilishga yana bir sabab, faqat azotli o‘g‘itlar bilan meʼyordan ortiq oziqlantirilishi hisoblanadi.

Kurash choralari: yorilishlarning oldini olish uchun fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ishlatish lozim.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: