Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Kartoshka

AGRO.UZ > Kartoshka
AGRO.UZ > Kartoshka

Zarari: Kolorado lichinkasi va qo‘ng‘izi bargni yeb shikastlaydi. Har tup kartoshka o‘simligida 20-40 dona lichinka va qo‘ng‘iz mavjudligida barglar 50-100% nobud bo‘lishi mumkin.

Kurash choralari: Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi erta bahorda qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlarning kartoshka bargiga tuxum qo‘yish davrida ichdan taʼsir etuvchi insektitsidlar bilan kimyoviy ishlov o‘tkazish zarur.

Zarari: Bu zararkunanda kartoshkani o‘suv davrida, hosilini esa omborxonalarda saqlash davrida zararlaydi. Omborxonalarda kuya to‘xtovsiz ko‘payadi, hatto o‘raga ko‘mib qo‘yilgan kartoshkada ham rivojlanib, ko‘paya oladi.

Kurash choralari: Begona o‘tlarni yo‘qotish, hosilni yig‘ish paytida kartoshka tuganaklarini dalada yoyib quritmaslik, ularni darhol sovuq joyga saqlashga qo‘yish, kartoshka saqlanadigan omborxonalarni fumigatsiya qilib zararsizlantirish kerak. Kartoshkani o‘suv davrida kartoshka kuyasiga qarshi feromon tutqichlar o‘rnatish va feromon tutqichga kapalak tushishni boshlagan paytda tavsiya etilgan preparatlar bilan kimyoviy ishlov o‘tkazish zarur.

Zarari: Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tarafida tarqaladi. Zararlangan barglari, gullari, nishonalari va yosh mevalari qurib, to‘kiladi, yirik mevalarining yuzida to‘rsimon shakllar paydo bo‘lib, meva tirishib, yoriladi, uning sifati va xaridorgirligi pasayadi.

Kurash choralari: Bu zararkunandaga o‘rgimchakkanaga qarshi qo‘llaniladigan akaritsidlardan foydalanish mumkin yoki suvda eruvchan 80 foizli oltingugurtni 5–7 kg hisobida ishlatish tavsiya qilinadi.

Zarari: Barg va boshqa aʼzolardan yomg‘ir bilan tuproqqa tushgan zamburug‘ kartoshka tuganaklarini ham zararlaydi, tuganak kesilsa, uning chetlaridagi to‘qimalarda zang tusli chirishni ko‘rish mumkin. Bunday tuganaklar omborlarda saqlash paytida butunlay chiriydi.

Kurash choralari: Ko‘chatlar mis kuporosining 0,25 foizli aralashmasi bilan sug‘orilishi, fungitsidlar bilan ishlov berilishi lozim.

Zarari: Zararlangan tuganaklarning qobig‘i ostida botiq dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular kattalashib, to‘q kulrang-qo‘ng‘ir, qizg‘ish-qoramtir tus oladi, keyin chirish tuganaklarning ichiga tarqaladi.

Kurash choralari: Fomoz bilan kurashda urug‘lik tuganaklarni ekishdan oldin fungitsid eritmasiga botirib yoki uni purkab, dorilash tavsiya qilinadi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: