Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qanday urug‘ turlari bor?

AGRO.UZ > Qanday urug‘ turlari bor?
AGRO.UZ > Qanday urug‘ turlari bor?

So‘ragan edingiz!

QANDAY URUG‘ TURLARI BOR?

Erkin changlantirish orqali olingan urug‘lar.

Bu usulda urug‘ olishda maxsus chatishtiruv ishlari amalga oshirilmaydi va bu usul eng arzon hisoblanadi.

F1 duragay urug‘lari. Sunʼiy chatishtirish natijasida olingan urug‘lar. Onalik o‘simliklar odatda toza tizimlardan tanlanadi. Bunday urug‘lar oddiy urug‘larga nisbatan qimmat hisoblanadi, ammo ular o‘lchamlari va bo‘yi bir xil bo‘lgan kuchli o‘suvchi o‘simlik beradi.

Drajelangan urug‘lar. Tuproq yoki boshqa material bilan qoplangan urug‘lar. Bunday urug‘larni sepish juda qulay, unib chiqqan nihollar ham bir tekis sepilganligi bois kuchli yagonalashga muhtoj bo‘lmaydi. Nam tuproqlarda yaxshi unadi, quruq yoki namligi juda yuqori tuproqlarda ularning unuvchanligi yomonlashadi.

Zararsizlantirilgan urug‘lar. Sanoat sharoitida qadoqlashdan oldin fungitsidlar bilan yoki bir vaqtning o‘zida ham fungitsid, ham insektitsid bilan ishlov berilgan urug‘lar.

Vakuumli qadoqlarga joylangan urug‘lar. Ichki paketi folgadan bo‘lgan vakuum paketchalarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘larning unuvchanligi oddiy idishlardagiga nisbatan ancha uzoq saqlanadi.

Undirilgan urug‘lar. Sanoat sharoitida undirilgan va suv shimmaydigan paketlarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘lar xarid qilingan zahoti ekilishi lozim.

Ishlatilmagan urug‘lar. Odatda ekishdan so‘ng urug‘larning maʼlum bir qismi ortib qoladi. Bu urug‘larni ham ekish uchun ishlatish mumkin. Unutmaslik kerakki, deyarli barcha ekinlarning urug‘i o‘z unuvchanligini yetarlicha uzoq vaqt saqlaydi.

Shaxsiy bog‘dan olingan urug‘lar. Tomorqada pishib yetilgan mevalardan urug‘ olish ancha qiziqarli hisoblanadi, ammo bu ko‘p hollarda yaxshi natija bermaydi, chunki ko‘pgina o‘simliklar erkin changlanishda o‘zining navdorlik xususiyatlarini yo‘qotadi. Loviya va no‘xat esa bundan mustasno bo‘lib, ko‘pchilik dehqonlar ushbu ekinlarni faqat o‘zlari olgan urug‘lardan yetishtiradi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: