Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

AGRO.UZ > Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
AGRO.UZ > Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
Markaz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar  milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 3-fevral 2021-yildagi PQ-4975-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar  milliy markazi tashkil etilgan.

– qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash;

– fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

– barcha turdagi davlat ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish;

– qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

– qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish;

– qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini taʼminlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish;

– xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko‘maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o‘zaro hamkorlik platformasini tashkil etish.

Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020-yilda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida jami 42,3 mlrd so‘mlik 135 ta loyiha, jumladan 2,4 mlrd so‘mlik 15 ta fundamental, 36,4 mlrd so‘mlik 110 ta amaliy va 3,5 mlrd so‘mlik 10 ta innovatsion loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi;

Ilmiy loyihalarni bajarish natijasida jami 1393 ta ilmiy maqolalar chop etildi, shundan 167 tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan, 25 ta patentlar olingan, 63 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga yetkazib berildi;

Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yangidan yaratilgan 7 ta g‘o‘za navlari viloyatlar bo‘yicha rayonlashtirildi hamda 7 ta g‘o‘za navlari istiqbolli deb topildi;

Soha olimlari yaratgan g‘o‘za navlari 2020-yilda 916,7 ming gektarda (88,6 % maydonda) ekilgan bo‘lib, ushbu maydonlarda soha olimlari tomonidan ishlab chiqilgan agrotexnologiyalar joriy qilingan;

Yangidan yaratilgan 13 ta g‘o‘za navlari hamda paxtachilikda “Dastlabki urug‘ ichidagi yuqori sifatli urug‘likni aniqlash va ajratib olish” usuliga patent olindi;

Sabzavotlarining bozorgir, tarkibi inson salomatligi uchun qimmatli vitaminlar, makro va mikro elementlarga boy bo‘lgan 7 ta navi va 2 ta duragayi davlat reestriga kiritildi;

Koreya qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Аdministratsiyasining KOPIA markazi va Аkademik M. Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI bilan “O‘zbekistonda uzum yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida – qiymati 78,0 ming dollarlik;

Sholichilik ITI bilan “Sholidan yuqori hosil olishda ko‘chat usulida yetishtirishning mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish” mavzusidagi 90,0 ming dollarlik ilmiy loyihalar bajarildi;

Shuningdek, O‘simliklar genetik resurslari ITI va Koreya Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Аdministratsiya, Milliy bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqoti instituti bilan hamkorlikda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan “Markaziy Osiyoda dorivor o‘simliklar yig‘ish va qizilmiya keng tarqalishini o‘rganish” mavzusidagi – qiymati 120,0 ming dollarlik ilmiy-amaliy loyihalar va boshqalar amalga oshirilmoqda.

Koreyaning “KOPIA” markazi hamkorligida Respublika viloyatlari bo‘ylab ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari qoshida axborot-maslahat (ekstenshn) markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida agroxizmatlar markazi tashkil etildi;

Markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Malayziya, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Hindiston, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorlik asosida ilmiy hamda texnik loyihalar amalga oshirmoqdalar.

Mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish hamda sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish uchun yangi serhosil qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini yaratish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ko‘lami oshiriladi.

Ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan noan’anaviy sabzavotlardan – kolrabi karami, qizil bosh karam, bryussel karami, bargli karam, porrey piyoz, shnit piyozi, rak-choya, xitoy kalesi, yakon, rukkola, salat, boshli salat (aysberg) kabi ekinlar birlamchi urug‘chiligi kengaytiriladi.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Qibray tumanidan ajratilgan 25 gektar maydonda uzumning vinobop 8 navlari ko‘chatchiligi yo‘lga qo‘yilib, 750 ming dona vinobop uzum ko‘chati tayyorlanadi.

Agrar ilm-fanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolari yechimlariga qaratilgan ilmiy loyihalarni bajarishga xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Xorijiy ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hisobiga xorijiy tajribalar va ilmiy ishlanmalarni respublika agrar iqtisodiga tadbiq qilish ko‘lami kengaytiriladi.

Paxtachilik sohasida Xitoyning IP texnologiyasi asosida tomchilatib sug‘orish tizimi o‘zlashtirilib, joriy qilinadi.

Xorijdan keltirilgan meva-sabzavot navlari namunalarining ekologik sinovlari amalga oshiriladi va hokazo.

Direktor: To‘rayev Alisher Melsovich
Ish jadvali: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
Qabul kunlari: dushanba, chorshanba 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil: 111909, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Sharof Rashidov ko’chasi, 1-uy
Telefon: (+998 99) 409 73 47
Faks: (0-371) 260-52-04
Sayt: http://www.iim.uz
E-mail: iim@agro.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: