Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi

AGRO.UZ > Urug‘chilikni rivojlantirish markazi
AGRO.UZ > Urug‘chilikni rivojlantirish markazi
Markaz haqida

Markaz 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Respublika g‘o‘za urug‘chiligi markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi Respublika markazi bazasida tashkil etilgan.

Xalqaro me’yorlarga mos “Milliy urug‘chilik siyosati”ni olib boradi, urug‘chilikni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi.

– davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlari, shu jumladan, kichik urug‘chilik tashkilotlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘rish;

– jahon bozori kon’yunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlab, hududlarni ixtisoslashtirish, ularning urug‘liklari va ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, “Uzbek seeds” milliy brendini yaratish;

– mahalliy va xorijiy seleksiya navlari hamda biotexnologik va noan’anaviy ekin turlari navlarining birlamchi urug‘chiligi hamda ko‘chatchiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– seleksiya va urug‘chilik sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, xorijiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik tizimi imkoniyatlarini jalb etgan holda, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;

– Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jaliklar, shu jumladan fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar, korxonalar, firma va tadbirkorlarning urug‘lik maydonlarini monitoring qilish.

  1. 2020-yilda elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 3,5 ming tonna urug‘lik paxta, 4,5 ming tonna don, 9,4 tonna sabzavot va poliz, 105 tonna ozuqa hamda 43 tonna moyli ekinlarning yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirildi.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda kooperatsiyalarda 33 ta rayonlashtirilgan, 23 ta istiqbolli va 51 ta yangi g‘o‘za navlaridan 122902 gektar maydonda urug‘lik paxta parvarish qilinib, 180 ming tonna urug‘lik paxta xom ashyosi jamg‘arildi.
  3. Respublika bo‘yicha71198 gektar maydonda urug‘lik don parvarish qilinib, 262 ming tonna urug‘lik don jamg‘arildi;

Eksport ko‘rsatkichi:

2020-yilda 74,5 tonna chigit (67 ming AQSh dollari) va 500 tonna urug‘lik bug‘doy (175 ming AQSH dollari) Tojikiston Respublikasiga eksport qilindi.

– Sabzavot va poliz ekinlarining F1 duragay urug‘chiligini tashkil etish va bu sohaga investitsiyalar kiritish maqsadida, Yaponiyaning “The Musashino Seed Co., Ltd.” kompaniyasi bilan ko‘kat sabzavotlardan pak choy va xitoy kalesining dastlabki F1 duragay urug‘chiligi tashkil etildi.

– Urug‘chilik sohasidagi xalqaro tashkilotlardan Xalqaro urug‘chilik federatsiyasi (ISF) va Xalqaro urug‘lar sifatini nazorat qilish assotsiatsiyasiga (ISTA) a’zo bo‘lib kirdi.

  1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashqi audit o‘tkazilishini ta’minlash.
  2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini 2030-yilgacha rivojlantirishning konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
  3. Jahon banki kreditlari hisobidan 53 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash.
  4. Xorijiy hamkor kompaniyalarga urug‘chilik sub’ektlarida tayyorlangan urug‘lik chigitlarni “Uzbek seeds” milliy brendi ostida xorijga eksport qilish.
  5. Urug‘chilik sub’ektlarida 2021-yil hosili uchun yetishtirilayotgan urug‘lik don va paxta ekinining holati va miqdori bo‘yicha doimiy monitoring yuritish.

Direktor: Mamajonov Shuxratjon Abduraximovich
Ish jadvali: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
Qabul kunlari: dushanba, chorshanba, juma
Manzil: 100058 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Namangan ko‘chasi 70-uy.
Telefon: (+998 71) 289-13-90
Faks: (+998 71) 262-53-90
El. pochta: info@urugmarkaz.uz/urugmarkaz@exat
Sayt: www.urugmarkaz.uz
www.centerseeds.uz
www.urugbor.uz
www.seedstrade.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: