Institutda 2014-yildan buyon jami 13 ta ilmiy loyiha amalga oshirilgan, jumladan, 2020-yilda 827 mln so‘mlik 4 ta ilmiy loyiha yakunlangan.
Ilmiy tadqiqotlar orqali quyidagi asosiy yutuqlarga erishildi:
1) Mustaqillik yillarida 30 ga yaqin sholi, soya va mosh navlari yaratildi.
Jumladan:
• sholining kasallik va zararkunandalarga, to‘kilishga, yotib qolishga chidamli “Avangard”, “Lazurniy”, “Istiqbol”, “Istiqlol”, “Bug‘doy boshoq”, “Oq qiltiq”, “Mustaqillik”, “Iskandar”, “Guljahon”, “Ilg‘or”, “Sitora”, “Marvarid”, “Navbahor”, “Tursunboy”, “Ahmad sholi”, “Tarona”, “Tantana” navlari;
• soyaning “O‘zbek-6”, “Orzu”, “Nafis”, “Parvoz”, “Sevinch”, “Madad” navlari;
• moshning “Navro‘z”, “Radost” va “Qaxrabo” navlari yaratilgan.
2) Sholining “Istiqbol”, “Istiqlol”, “Bug‘doy boshoq”, “Oq qiltiq”, “Mustaqillik”, “Ilg‘or”, “Guljahon”, “Iskandar”, “Tarona”, “Tantana”, soyaning “Nafis”, “Parvoz”, “Sevinch” va “Madad” navlariga patent olingan.
3) “Sholini ko‘chati bilan ekish usullarini mexanizatsiyalashtirish” va «Sholi ko‘chatlarini maxsus ko‘chatxonalarda innovatsion usulda yetishtirish” texnologiyasi uchun mualliflik guvohnomasi olingan.
Sholini ko‘chat usulida yetishtirishda har gektaridan 150 kg urug‘lik, 5 ming kub suv, 25% mineral o‘g‘it va 50% gerbitsid iqtisod qilinadi.
4) Har yili sholi navlarini 250 tonna, soya navlarini 30 tonna miqdorida yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirilib, fermer xo‘jaliklarning 2,1 ming ga ekin yer maydonlariga ekib kelinmoqda.
Institut olimlari yaratgan sholi va soyaning yangi navlari urug‘lariga respublikadagi klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bugungi kunda respublikada ekib kelinayotgan maydonlarining 90-95% institutda yaratilgan sholi navlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
5) Yaratilgan sholi va soya navlarini yetishtirish agrotexnikasi: maqbul ekish muddati va meʼyorlari, maʼdan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish meʼyor va muddatlari ishlab chiqilgan.
6) Sholini kasallik, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi kompleks kurash choralari ishlab chiqilgan.
Jumladan:
• sholidagi begona o‘tlarga qarshi “Bozogran”, “A-klinn”, “Namuna Super”, “Totariks”, “Totaris”, “Sapa nominal”, “Vi-klinn”, “B-klinn plus”, “Simfoniya plyus”, “Clipper”, “Bozagran gold”, “A-Zagran”, “Turan star”, gerbitsidlari;
• kasalliklarga qarshi “Archer-bio”, “Amistar-top”, “Tric-Mancozeb” fungitsidlari;
• begona o‘tlarga qarshi “Tayshin” insektitsidining samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan va keng maydonlarga joriy etilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: