Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

AGRO.UZ > Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
AGRO.UZ > Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2008-yilda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzurida “Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etilgan.

2014-yilda muassasa “Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali”ga aylantirilgan. 2021-yilda esa uning negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.

  • Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, kasalliklarga va zararkundalarga chidamli raqobatbardoshli yangi navlarni yaratish;
  • mintaqalarning tabiiy-iqlim sharoitlariga javob beradigan xorijiy va mahalliy navlarni tanlab olish va joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • yaratilgan yangi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining birlamchi boshlang‘ich urug‘chiligi tizimini tashkil etish;
  • noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari devirsifikatsiyasini rivojlantirish;
  • tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlab chiqarish;
  • suv bilan yetarli ta’minlanmagan va qurg‘oqchilik sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish bo‘yicha ilg‘or resurs tejovchi agrotexnologiyalarini ishlab chiqarish;
  • qishloq xo‘jaligida almashlab ekish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotda sinab ko‘rish;
  • qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshoqli don ekinlarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilishni tashkil etish.

 

  • yumshoq bug‘doyning “Yaksart”, “Turkiston”, “G‘ozg‘on”, “Hazrati Bashir”, “Elomon”, “Hisorak”, “Bunyodkor”, “Shams”, “Janub gavhari”, “G‘allakor”, “Kesh-2016”, “Shukrona”, “Ravon”, “Farovon”, “Barhayot”, “Sarbon”, “Yuksalish”, “Nasafiy”, “Farovon-2”, “Turon”, “Oqsaroy” navlari;
  • qattiq bug‘doyning “Mingchinor”, “Langar”, “Zilol”, “Nasaf”, “Nafis”, “Musaffo”, “Hilol” navlari;
  • arpaning “Vaho”, “Sulton”, “Chimqurg‘on”, “Qamashi” navlari;
  • no‘xatning “Obod”

2020-yilda 1 ta fundamental va 5 ta amaliy loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar bajarilib, ularga 1 541 435,0 ming so‘m ajratildi.

BMTning qishloq ho‘jaligi va oziq ovqat xavsizligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 436 mln so‘m.

“Kuzgi bug‘doy urug‘lariga ishlov berish hamda turli xildagi mikro va makro elementlar bilan boyitilgan suspenziya preparatlari qo‘llash samaradorligi” bo‘yicha 62,1 mln. so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Mahalliy sharoitda yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi 4 ta: “Kesh-2016” navi, “Ravon” navi, “Shukrona” navi, “G‘allakor” navi, qattiq bug‘doyning yangi 2 ta “Nasaf” navi, “Zilol” naviga patentlar olindi.

– Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish va sohada mavjud muhim muammolar bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;
– donli, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlarining yangi raqobatbardosh navlarini yaratish, qishloq xo‘jalik ekinlarining birlamchi urug‘chiligini rivojlantirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish va boshqalar.

Direktor: Xaydarov Bekmurod Dusiyarovich
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Beshkent yo‘li 3-km
Telefon: +998 75 228-00-07
Elektron pochta: urugchilik1@mail.ru

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: