Institut 1931-yilda tashkil topgan. 2019- yilda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti negizida qayta tashkil etilgan.
Muassasa mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash jarayonlarining dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish, olingan natijalarni konstruktorlik byurolari, mashinasozlik korxonalari, mashina-traktor parklari, texnik servis tashkilotlari, klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarishiga joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
Institutning umumiy yer maydoni: maʼmuriy va laboratoriya binolari 5,2 ga maydonda joylashgan. Tajriba xo‘jaligining umumiy yer maydoni 78,9 ga, shundan dala tajribalari uchun 23,9 ga maydon ajratilgan, 55 ga maydonda chorva uchun ozuqa ekinlari ekilgan.
QXMITI tarkibiga quyidagilar kiradi:
- 10 ta ilmiy laboratoriya va 7 ta bo‘lim;
- 250 bosh yirik shoxli qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi;
- Tajriba uchastkasi;
- Yangiyo‘l agromeliorativ texnologik parki (Toshkent viloyati);
- Beruniy agromeliorativ texnologik parki (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
- Navbahor agromeliorativ texnologik parki (Navoiy viloyati);
- G‘uzor agromeliorativ texnologik parki (Qashqadaryo viloyati);
- Jondor agromeliorativ texnologik parki (Buxoro viloyati);
- Rishton agromeliorativ texnologik parki (Farg‘ona viloyati).
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: