Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

AGRO.UZ > Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
AGRO.UZ > Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

1898-yilda Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi nomi bilan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2125-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

Respublikamiz bo‘ylab jami 16 ta hududda filiallari, ilmiy tajriba stansiya va uchastkalari mavjud.

Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida 2016-yilda – 17 ta (1246,3 mln. so‘mlik), 2017-yilda – 20 ta (1614,7 mln. so‘mlik), 2018-yilda – 18 ta (2053,7  mln. so‘mlik) loyiha amalga oshirilgan, 2019-yilda 16 ta loyiha (3038,5 mln. so‘m), 2020-yilda 9 ta loyiha (3083,6 mln so‘mlik) ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida meva-uzumning 31 ta turi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, bular: olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olcha, gilos, yong‘oq, bodom, pekan, funduk, xurmo, anor, anjir, zaytun (maslina), dafna (lavr blagorodniy), qulupnay, qorag‘at (smorodina), xo‘jag‘at (malina), krijovnik, chakanda (oblepixa), klyukva, maymunjon, jimolost, limon, apelsin, mandarin, greypfrut, pampelmus hamda uzumdir.

2016-2020-yillarda institut va uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarida mahalliy va introduksiya qilingan meva-uzum navlarini o‘rganish va seleksiya natijalariga ko‘ra, 2016-yilda olmaning – Feruza, uzumning – Muskat Orzu, Xusayne muskatniy, Muskat Shavqi, qulupnayning – O‘zbekiston go‘zali, oltinsimon qorag‘atning – Ruxshona, Oltinoy navlari 2017-yilda bodomning – Zarina, fundukning – O‘zbekiston, limoning – Meyer, apelsinning – Gamlin, mandarinning – Klimentin, uzumning Kishmish Malika hamda 2018 yilda – qulupnayning Bauntiful, Redgountlet, Kobra, uzumning Gavhar, Istiqlol navlari, 2019-yilda uzumning Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand, Kishmish Sagdiana navlari Davlat reyestirga kiritilgan.

  • bog‘dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish xamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurstejamkor ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, meva va uzum navlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda xorijiy mamlakatlardan olib kelingan istiqbolli meva va uzum navlarini sinovdan o‘tkazish va mahalliy sharoitga moslashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda ko‘chatchilik, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish;
  • bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish borasida ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda zamonaviy biotexnologiya va agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga samarali joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda xorijiy donor tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;
  • yuqori malakali ilmiy xodimlar, shu jumladan, falsafa va fan doktorlarini tayyorlash, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish yo‘nalishida mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik kilish;
  • xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus o‘simliklarining ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni realizatsiya qilish.

Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 2020-yilda qulupnayning 4 ta (Bauntiful, Redgountlet, Kobra, Medvey), oltinsimon qorag‘atning 3 ta (Do‘stlik, Eliksir, Gulnoza), limoning 2 ta (O‘zbekiston to‘ng‘ichi, Akademik M. Mirzayev), apelsinning 3 ta (Korolyok grushovidniy, Glotkokoriy, Gamlin), mandarinning 3 ta navi (Miagava Vase, Kavano vase, O‘zbekiston to‘ng‘ichi) Davlat reyestriga kiritilgan.

Shu bilan birga olmaning 6 ta (So‘x malikasi, Vilyams Prayd, Vadimovka, Deyton, Pamyat Yesaula), behining 1ta (Olmabehi), o‘rikning 1 ta (Chimyon Ergashqandak), jami 8 ta nav Davlat reyestriga kiritish uchun topshirildi. Shu bilan birga uzumning 5 ta navi (Gavhar, Istiqlol, Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand va Kishmish Sagdiana) O‘zbekiston Respublikasi Patentlar idorasiga egalik xuquqini patent olish uchun xujjatlar topshirildi.

Institutning bog‘dorchilik va uzumchilik mexanizatsiyalashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan “Bog‘larda daraxt tanasi atrofiga ishlov beruvchi freza” agregati yaratilib “Agramash serviz” MCHJ bilan xamkorlikda tajriba nusxasi ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, institut faoliyatida birinchi marotaba “Istiqbolli gilos payvandtaglarini in vitro usulida ko‘paytirish va mikropayvandlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida istiqbolli gilos payvandtaglarini in vitro usulida ko‘paytirish va mikropayvandlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

– “In vitro sharoitida virussiz ko‘paytirilgan gilosning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglariga payvandust komponentining tutish sifatiga taʼsiri” mavzusidagi ishlanma Samarqand hamda Toshkent viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida jami 2,70 ga maydonda joriy etildi.

– olingan ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida institut tomonidan yarim pakana payvandtaglar tayyorlanib, ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.

– uzumni yangi yaratilgan va introduksiya qilingan,  xo‘raki, kishmishbop va vinobop navlarining onalik bog‘larini tashkil etish hamda ular ichidan istiqbolli eksportbop navlarni ajratib olib, ko‘chatlar tayyorlash va ishlab chiqarishga joriy qilish;

– yangi yaratilgan oltinsimon qorag‘at navlarining novdalaridan qalamchalar tayyorlab ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish va tayyorlangan ko‘chatlarni ishlab chiqarishga joriy etish va boshqalar.

Direktor: Abdug‘aniyev Ulug‘bek Burxoniddin o‘g‘li
Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Guliston QFY, Chimkent yo‘li
Telefon: (+99871) 220-24-42
Faks: (+99871) 220-26-48
Elektron pochta: meva-uzum@exat.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: