Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Olcha va gilos

AGRO.UZ > Olcha va gilos
AGRO.UZ > Olcha va gilos

Zarari: to‘da holida yashaydi va barg shirasini so‘rib oziqlanadi. Oqibatda zararlangan barg sarg‘ayadi, quriydi va to‘kilib ketadi.

Kurash choralari: daraxtlarni vaqtida sifatli sug‘orish kerak. Oltingugurtli preparatlar o‘rgimchakkanaga qarshi yaxshi samara beradi. Kananing ko‘payishiga qarab kimyoviy ishlov beriladi, to‘kilgan barglar yo‘qotiladi.

Zarari: barglarni yeb, faqat tomirini qoldiradi. Zararlangan daraxtlar rivojlanmaydi, baʼzan qurib qoladi.

Kurash choralari: bu zararkunandaga qarshi kurashda yerlar kuzda ag‘darib haydaladi. Arrakashlar uchishi va lichinkalari paydo bo‘lishi davrida tavsiya etilgan pestitsidlar bilan kimyoviy ishlov beriladi.

Zarari: kurtaklar ko‘karayotgan vaqtda uyg‘onib, yosh barglar va yangi novdalarni yeydi. Gullash jarayoni risoladagiday bo‘lmaydi va hosildorlik keskin kamayadi.

Kurash choralari: daraxtlarga yaxshi qarov berish va kimyoviy choralar o‘tkazish.

Zarari: asosan novda va mevani zararlaydi. Yosh novdalarni zararlab, bora-bora quritib qo‘yadi.

Kurash choralari: zaruriy agrotexnik tadbirlar bilan birga kimyoviy usulda ishlov beriladi.

Zarari: daraxt kurtagi, bargi, guli, surxi va novdalarini shikastlaydi. Bargning zararlangan joyidagi to‘qimalari to‘kilib ketadi va o‘rnida teshikchalar hosil bo‘ladi.

Kurash choralari: erta bahorda kasallikdan zararlangan shoxlar kesiladi va yo‘qotiladi. Mavsumda vositalar bilan kurash ishlari amalga oshiriladi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: