Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

AGRO.UZ > O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
AGRO.UZ > O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

1924-yilda akademik N.I. Vavilov boshchiligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, 1927-yilda Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo stansiyasiga aylantirildi. 1979-yilda N.I. Vavilov nomidagi Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo filialiga aylantirildi. Respublikamizning ilk mustaqillik davrida (1992) institutga O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti nomi berildi. 2020-yildan institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyati institut nomiga mos kelmasligi tufayli uning nomi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga o‘zgartirildi.

Shuningdek, institutdagi mavjud Genbank milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” maqomi berildi.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jalik ekinlarining yirik dunyoviy kolleksiyalari saqlanayotgan yagona ilmiy tashkilot hisoblanadi.

Institutda 2 ta ilmiy-tajriba stansiyasi, Milliy genbank, 8 ta  bo‘lim va 1 laboratoriya mavjud.

Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish, introduksiya etish va kolleksiyalarga jalb etilgan o‘simlik materiallarini karantin ko‘rigidan o‘tkazish orqali o‘simliklarning Milliy genofondini yangi namunalar bilan boyitish;
  • o‘simliklar genetik resurslari jahon kolleksiyalarining eski reproduksiya urug‘lari unuvchanligini qayta tiklash va vegetativ ko‘payuvchi va ko‘p yillik o‘simliklarni tirik holda ushlab turish va ularni Milliy Genbankda kafolatli saqlash;
  • Qishloq xo‘jalik ekinlari zamon talablariga javob beradigan navlar yaratish uchun muhim xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi ajdodlarini institut kolleksiyalariga jalb etish, o‘rta va uzoq muddatda saqlash, hujjatlashtirish va undan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
  • Qishloq xo‘jalik ekinlari jahon kolleksiyalarini o‘rganish asosida ularning evolyutsiyasi, filogeniyasi, sistematikasi, immuniteti nazariy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy izlanishlarni amalga oshirish;
  • Mintaqamiz uchun noanʼanaviy ekinlar va dorivor o‘simliklar kolleksiyalarini tashkil etish, o‘rganish va ularni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish.

Har bir ekinning madaniy va yovvoyi holda o‘suvchi turlari, kenja turlari, shakllari, tizmalari, duragaylari va navlari genofondni tashkil etadi. Institutning o‘simliklar genetik resurslari kolleksiyalari mamlakatimiz mulki va millatimizning milliy boyligi hisoblanadi. O‘simliklar genofondi va qishloq xo‘jalik ekinlarining jahon kolleksiyalari birlamchi materiallar manbai bo‘lib, yangi nav yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Har yili respublika hududlari bo‘yicha 2-3 ta ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilib, institutning qishloq xo‘jalik ekinlari genofondi turli xil ekinlarining yovvoyi turlari, istiqbolli yangi nav, tizim va populyatsiyalariga mansub 50-60 namunalar bilan boyitib borilmoqda.

 

Kolleksiyalarini saqlash.

Institutda tabiatda yo‘qolib borayotgan, noyob qishloq xo‘jalik ekinlarining turlari, turli davlatlar seleksiyasiga oid zamonaviy navlar va qadimiy mahalliy hamda ularning yovvoyi avlodlarining 100 xil qishloq xo‘jaligi ekinlarining 43 mingdan ortiq kolleksiya namunalari o‘rta muddat sharoitida saqlanmoqda.

Institutda bir yillik qishloq xo‘jalik ekinlari genetik resurslari Urug‘ Genbankida, vegetativ ko‘payuvchi va ko‘p yillik sabzavot, texnik, meva-rezavor ekinlar va uzum dunyoviy kolleksiyasi esa Dala genbanklarida saqlanmoqda.

 

Noanʼanaviy va dorivor ekinlar.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga noanʼanaviy ekinlardan steviya, daykon, sabzavot soyasi, ko‘k no‘xat, sarsabil loviyasi, topinambur, batat, bargli karam, to‘ng‘iztaroq kabi ekinlar joriy etildi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari, urug‘chiligi va ko‘chatchiligi bo‘yicha fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, dala kunlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Xalqaro ilmiy hamkorlik. Institutda olib borilayotgan izlanishlar O‘zbekiston tomonidan imzolangan o‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha halqaro xujjatlarga (“Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya” va “Global Reja”) muvofiq ravishda amalga oshirilib borilmoqda.

Turli mamlakat olimlari bilan har xil yo‘nalishlarda ilmiy aloqalar mavjud. VIR (Rossiya), Bioversiry International (Italiya), ICARDA (Livan), ICRISAT (Hindiston), CIMMYT (Meksika, Turkiya), RDA, NIAB (Janubiy Koreya), AVRDC (Tayvan) kabi xalqaro tashkilot va yetakchi genbanklar bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Davlat nav sinov markaziga jami 19 ta, soyaning – 1 ta, paxtaning – 1 ta, kuzgi yumshoq bug‘doyning – 2 ta, uzumning – 10 ta, mevali ekinlarning – 5 ta, navlari sinovga taqdim etildi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jalik ekinlarining 7 ta navlariga Intelektual mulk agentligiga patentlashga taqdim qilindi.

Institutning 13 nafar yosh ilmiy xodimlarini chet tilini o‘zlashtirish maqsadida “Ingliz tili” kursi tashkil qilindi.

Institutning 6 nafar ilmiy xodimlari chet elda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dunyoning rivojlangan davlatlarida ilmiy stajirovkalarda qatnashib kelishdi.

Ilm-fan bo‘yicha:

  1. Qishloq xo‘jaligi ekinlari milliy genofondidagi 55 xil ekinlarning 3000 dan ortiq namunalarini qayta tiklash, 13 xil mevali ekinlarning 2700 dan ortiq namunasini tirik holda ushlab turish, introduksiya qilingan namunalarni genofondga jalb etish.
  2. Qishloq xo‘jalik ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarini yig‘ish va saqlash.
  3. Dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalarini ishlab chiqish maqsadida ularning kolleksiyasini yaratish.
  4. Uzumning eksportbop va istiqbolli vinobop navlarining ko‘chatchiligini tashkil etish.

Joriy etish bo‘yicha:

  1. Uzum jahon kolleksiyasidan tanlab olingan istiqbolli vinobop uzum navlarining ko‘chatchiligini tashkil etish va joriy qilish.
  2. Issiqlikka chidamli mevali ekinlarning klon payvandtaglarini Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti hamkorligida introduksiya qilish, ko‘chatlarini ko‘paytirish va ishlab chiqarishga joriy qilish.
  3. G‘alla, dukkakli don, moyli va yem- xashak ekinlarining urug‘chiligini tashkil etish va ishlab chiqarishga joriy qilish.
  4. Eksport talabiga javob beradigan intensiv tipdagi moshning “Barqaror” navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va joriy qilish.
  5. Dorivor o‘simliklarni yetishtirishni tashkil etish va joriy etish

Direktor: Safar Aliqulov Menglikulovich
Manzil: 111202, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Qibray tumani, Botanika qishlog‘i
Telefon: +99897 480-79-05
Elektron pochta: safaruzripi@mail.ru
Sayt: uzripi.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: