Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Shaftoli

AGRO.UZ > Shaftoli
AGRO.UZ > Shaftoli

Shaftoli – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi, mevali daraxt. O‘zbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 3-o‘rinni egallaydi. Vatani Xitoy, O‘zbekistonga ham Xitoydan kirib kelgan. Shaftoli navlari ikki guruhga bo‘linadi: mevasi tukli va luchchak shaftoli.

Shaftoli danagidan va payvand qilib ko‘paytiriladi. Payvandtag sifatida oddiy shaftoli va boshqa turlari urug‘ ko‘chati, bodom, tog‘olcha, baʼzan o‘rikdan foydalaniladi.

Hosildorligi 200-400 s/ga. Ekilganidan keyin 2-3 yilda hosilga kiradi. 12-15 yil yaxshi hosil beradi. Daraxti 100 kggacha.

Shaftoli nisbatan issiqsevar, yorug‘sevar va -5-20 haroratli sovuqlarga chidaydi, -25 haroratda nobud bo‘ladi. Ayniqsa, gullagan paytida bahorgi qorasovuqlardan ko‘p zararlanadi.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (shimoliy viloyatlarda kamroq) shaftolining 28 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan shaftoli mahsuloti Avstriya, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Mongoliya, BAA, Ummon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Shaftoli navlari

Daraxtining bo‘yi baland bo‘lib, shox-shabbasi dumaloq, qalin, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi yassi-dumaloq, rangi sariq bo‘lib, ustida qizil g‘ubori bor, sal tuklangan, mevasining o‘rtacha vazni – 100 g. Eti sariq, sershira, mayin, danagi etidan yaxshi ajraladi.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 185,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 395,5 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.

1984yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi dumaloq, qalin, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi dumaloq, asosiy rangi sariq bo‘lib, och qizil g‘ubor bilan qoplangan, mevasining o‘rtacha vazni – 98 g. Eti sariq, sershira, danagi etidan yaxshi ajraladi.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning birinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 175,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 288,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.

1984yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi dumaloq, o‘rtacha qalinlikda, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Mevasi dumaloq-tuxumsimon. Asosiy rangi och sariq, och qizil g‘ubori bor, sal tuklangan, mevasining o‘rtacha vazni – 130 g. Eti oq, mayin, shirin, o‘rtacha sershira, danagi etidan yaxshi ajraladi.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyunning ikkinchi o‘n kunligida yetiladi. Hosildorligi – 243,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 387,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo bo‘limi.

Muallif: K.I. Baymetov.

1992yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 4,2 m, shox-shabbasining diametri 3,8 m, mevasi o‘rtacha, vazni – 94 g. Mevasining shakli uzunchoq, danagidan yaxshi ajraladi, rangi sariq, mazasi nordon-shirin, sershira, mazasi qoniqarli.

Nav ertapishar, mevasi iyunning uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 152,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 307,2 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: AQSH.

1992yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, keng, shox-shabbasi qalin, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi dumaloq, och sarg‘ish bo‘lib, butun yuzasi bo‘ylab qizil g‘ubori bor. Mevasining o‘rtacha vazni – 140 g. Eti yashilroq oq, mayin, xushbo‘y, sershira, shirin.

Nav o‘rtapishar bo‘lib, mevasi iyulning uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 126,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 213,5 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: A.S. Cherevatenko.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi dumaloq, asosiy rangi sariq, butun yuzasi to‘q qizil g‘ubor bilan qoplangan, mevasining o‘rtacha vazni – 137 g. Eti sariq, mayin, sershira, mazasi nordon-shirin.

Nav ertapishar bo‘lib, mevasi iyunning uchinchi o‘n kunligida yetiladi.

Hosildorligi – 210,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 360,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: AQSH.

1989yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Samarqand va Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, keng shox-shabbali, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosil beradi. Mevasi dumaloq, rangi esa to‘q sariq-qizil, tuksiz. Mevasining o‘rtacha vazni – 83 g. Eti sariq, sershira, og‘izda eriydigan darajada, mazasi nordon-shirin, kuchsiz bodom hidli.

Nav kechpishar, mevasi avgustning birinchi o‘n kunligida yetiladi. Hosildorligi – 167,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 312,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: A.S. Cherevatenko.

1959yil Davlat reyestriga kiritilgan

Mamlakatimiz hududida Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha bo‘lib, shox-shabbasi siyrak, tarqoq. Ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi tuxumsimon, sariq, tuksiz, o‘rtacha vazni – 50 g. Eti och sarg‘ish-sariq, mayin, sershira, mazasi nordon – shirin, bodom hidli, xushbo‘y.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 263,3 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 409,4 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo bo‘limi.

Muallifi: K.I. Baymetov.

1992yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Toshkent, Farg‘ona viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, keng shox-shabbasi piramidasimon, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosil bera boshlaydi.

Mevasi dumaloq-tuxumsimon, rangi oq, quyosh tushgan tomoni qizil, o‘rtacha vazni – 139 g. Eti oq, juda sershira, xushbo‘y, mazasi nordon-shirin.

Nav kechpishar, mevasi avgustning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 101,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 141,6 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: A.S. Cherevatenko.

1959yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatidan tashqari qolgan hamma viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi dumaloq, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosil bera boshlaydi.

Mevasi dumaloq-tuxumsimon, asosiy rangi sariq, to‘q qizil g‘ubori bor, sal tuklangan, o‘rtacha vazni – 106 g. Eti sariq, mayin, sershira. Mazasi nordon-shirin, xushbo‘y.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 246,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 600,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Italiya.

1992yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi dumaloq, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Mevasining rangi to‘q-sariq, qizil g‘ubor bilan qoplangan, yirik, mevasining o‘rtacha vazni – 155 g. Eti och sariq, xushbo‘y, sershira, mayin, mazasi nordon-shirin.

Nav kechpishar, mevasi avgustning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 238,7 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 320,6 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Armaniston uzumchilik, sharobchilik va asalchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

1989yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Samarqand va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi dumaloq, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasining shakli dumaloq, rangi och sariq, qizil g‘uborli, kam tukli, yirik, o‘rtacha vazni – 139 g. Eti sariq, sal tolali, mazasi nordon-shirin.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyulning ikkinchi o‘n kunligida yetiladi. Hosildorligi – 192,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 353,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Muallif: T.A. Vdovseva.

1989yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxlari kuchli o‘suvchi, shox-shabbalari katta dumaloq shaklda bo‘lib, o‘rtacha qalinlikda. Ko‘chati ekilgandan so‘ng hosilga 2-3 yili kiradi.

Bu nav universal nav bo‘lib, ho‘l holda isteʼmol qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Mevalari yirik, bir xil, dumaloq shaklda, mevalarining yon tomoni bir oz siqilgan, meva po‘sti o‘rtacha qalinlikda va o‘rtacha tuklangan. Asosiy rangi sariq, qoplama rangi to‘q qizil, meva eti sariq, mayin tolali, shirin-nordon mazali.

Nav avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi.

Danagi meva etidan yaxshi ajraladi, o‘rtacha hosildorligi – 140 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Muallif: K.I. Baymetov.

2002yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxt o‘rta bo‘yli, shox-shabbasi dumaloq.

Mevalari yirik, bir xil kattalikda (150 g), dumaloq-ovalsimon. Po‘sti nozik, tuksiz (nektarin), och-sariq tusli to‘q-qizil keng yoyilgan dog‘li. Shirin taʼmli, bilinar-bilinmas o‘tkir nordon-ligi ham bor. Quritilgan mahsulot 20% chiqadi. Mevalari transportda tashishga yaroqli.

2-3 yili hosilga kiradi. Hosili avgustning birinchi dekadasida uziladi.

Hosildorligi yuqori – 220-280 s/ga.

Qayerda yaratilgan: Farg‘ona viloyati (Quva tumani).

2013yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxti kuchli o‘suvchi, shox-shabbalari katta, o‘rtacha qalinlikda. Ko‘chati ekilgandan so‘ng 2-3 yili hosilga kiradi.

Mevalari o‘rtacha, bir xil, dumaloq shaklda. Meva po‘sti o‘rtacha qalinlikda, tuksiz, asosiy rangi och sariq, meva eti sariq, shirin mazali. Danagi meva etidan yaxshi ajraladi.

Nav kechpishar, mevasi sentyabrning birinchi o‘n kunligida yetiladi.

O‘rtacha hosildorligi gektaridan 145 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Muallif: K.I .Baymetov.

2006yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro va Toshkent viloyatlarida ekin uchush tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: