Apelsin – po‘rtaxol (Citrus sinensis — gollandcha appelsien — aynan xitoy olmasi) — rutadoshlar (apelsingullilar oilasi) ning sitruslar turkumiga mansub doimiy yashil daraxt va buta. Vatani — Birma va Janubi-G‘arbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi.
Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming yildan beri, Janubiy Yevropada 15-asrdan, Kavkazning Qora dengiz buylarida 11-asrdan). Issiqsevar va namsevar. Qulay sharoitlarda 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. Apelsin AQSH, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Turkiyada hamda Gruziyaning g‘arbida ko‘p yetishtiriladi.
Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida apelsinning 2 ta navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: