Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Gilos

AGRO.UZ > Gilos
AGRO.UZ > Gilos

Gilos raʼnoguldoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti. Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Yaponiya, Ukrainaning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoda ekiladi. O‘zbekistonning tog‘oldi mintaqalarida ekiladigan asosiy mevalardan biri.

Eng ertagi danakli meva. Mevasi may-iyunda pishadi. Gilos unumdor, nami moʻtadil, tuprog‘i chuqur ishlangan yerlarda yaxshi o‘sadi.

Yorug‘lik va issiqlikka talabchan. Yozi issiq hududlarda yaxshi o‘smaydi. Namga talabchan, lekin ortiqcha namni yoqtirmaydi. Ortiqcha namda daraxt qurib qoladi. Sovuqqa chidamsiz.

Ko‘chati ekilgandan keyin 4-5 yilda hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150-300 kg hosil beradi. 2010-yildan boshlab respublikamizda mevachilikka ixtisoslashgan ko‘pgina fermer xo‘jaliklarida intensiv bog‘lar barpo qilindi. Respublikamizning tog‘ oldi lalmi sharoitida gilos ko‘chatlari intensiv bog‘larga ekildi va 2-3 yilda hosil bera boshladi.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida gilosning 11 turi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan gilos mahsuloti Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Litva, Malayziya,  Mongoliya, BAA, Polsha, Rossiya, Tailand, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Gilos navlari

Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 7,2 m, shox-shabbasi keng tarqoq. Gilos daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi yirik, dumaloq-yuraksimon, rangi to‘q qizil. Mevasining o‘rtacha vazni – 5,1 g. Eti sershira, xushbo‘y, zichligi o‘rtacha, mazasi yaxshi, danagi etidan yaxshi ajraladi.

Nav ertapishar, mevasi mayning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 149,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 176,1 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Ukraina sug‘oriladigan bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot institutining I.V. Michurin nomidagi Markaziy genetika laboratoriyasi.

1986-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxti – kuchli o‘suvchan, keng piramidasimon shox-shabbali.

Mevasi yirik – 20-22-23 mm, og‘irligi – 7,7 g, yuraksimon, tepasi dumaloq. Po‘sti qiyin ajraladi, to‘q qizil rangda. Mag‘zi qizil olcha rangida, pishiq va sersuv, qandliligi yuqori, kislotaliligi o‘rtacha.

Pishish vaqti – 10-20 may. Hosildorligi – 68 kg/daraxt, o‘rtacha hosildorligi esa gektaridan – 141,4 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Ukraina sug‘oriladigan bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

2005-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxti kuchli o‘suvchan, keng piramidasimon shox-shabbali. Bargi yirik, uzunchoq-ovalsimon shaklda, guli oq.

Mevasi yirik, og‘irligi – 8,2 g, yuraksimon, tepasi dumaloq.

Po‘sti qiyin ajraladi, to‘q qizil rangda. Mag‘zi qizil rangda, sersuv, qandliligi yuqori, kislotaliligi o‘rtacha.

Pishish vaqti – 20-25 may. Hosildorligi – 62 kg/daraxt (135,4 s/ga).

Qayerda yaratilgan: Ukraina sug‘oriladigan bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

2006yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland – 6,9 m bo‘lib, shox-shabbasi qalin.

Mevasi dumaloq, sharsimon, rangi sariq, yirik, o‘rtacha vazni – 5,0 g. Eti zich, och sariq, juda sershira, mazasi shirin, sal taxiri bor. Daraxti ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yildan hosil bera boshlaydi.

Nav o‘rtapishar, mevasi iyunning birinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 83,2 s/ga, eng yuqori hosildor-ligi – 163,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Germaniya.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, ekilgandan so‘ng 3-4 yili hosilga kiradi.

Mevasi o‘rtacha, to‘q qizil, mazasi o‘ziga xos, sersuv. Iyunning birinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasining o‘rtacha vazni – 5,6 g.

Hosildorligi – 88,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 118,9 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Xalq tomonidan. 1959 yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxti o‘rta o‘suvchan, keng piramidasimon shaklda.

Mevasi yirik, og‘irligi – 8,2 g, yuraksimon, tepasi dumaloq. Po‘sti mevadan qiyin ajraladi, to‘q qizil rangda. Danagi mag‘zidan yaxshi ajraladi.

Pishish muddati – 10-27 may. Hosildorligi bir daraxtdan 65 kg yoki 135,2 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Ukraina sug‘oriladigan bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

2005-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududlarida, Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland, mevasi iyunning ikkinchi o‘n kunligida pishadi, daraxti ekilgandan so‘ng oltinchi yili hosilga kiradi.

Mevasining rangi qizil, shakli dumaloq-yuraksimon, sersuv, vazni – 8 g.

Hosildorligi – 102,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 162,3 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Ukrainaning sug‘oriladigan bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

1986-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtning bo‘yi katta bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng oltinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi yirik, ichki qismi qizil, sersuv, shirin, danagidan yaxshi ajraladi, o‘rtacha vazni – 7,3 g.

Hosildorligi – 102,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 135,6 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Italiya.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: