Tog‘olcha – raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt. Tog‘larning o‘rta mintaqalarida dengiz sathidan 1000 – 1500 metr balandlikda, shimoliy sernam yonbag‘irlarda o‘sadi.
Daryolarning etaklarida 2500 m balandlikda ham uchraydi. Tog‘larning pastki, ancha quruq zonasida butazorlar yonida, eng baland o‘rmon poyasida esa o‘rmonzorlarda olma, yong‘oqzorlarda va aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Yorug‘ joylarda yaxshi o‘sadi. Buta yoki kichik daraxt holida bo‘ladi.
Tog‘olcha mevalarining yirik-maydaligi, shakli, rangi, taʼmi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra, juda ham xilma-xil bo‘ladi. Har bir tupi, o‘sish sharoitiga qarab, soyadagisi 3-4 kg, daryo va soylarning bo‘ylarida erkin o‘sgani 100 kg gacha meva beradi. Mevasi iyul o‘rtasi sentyabr oxirida pishadi. Urug‘laridan olxo‘rining madaniy navlari uchun payvandtaglar o‘stiriladi
Bir necha yillar davomida tog‘olcha mevasi ustida seleksiya ishlari olib borildi, urug‘laridan chiqqan yaxshi shakllari tanlab olinib, ko‘paytirilishi natijasida O‘zbekistonda yetishtirilayotgan tog‘olcha navlari son jihatdan ko‘paydi, sifat jihatdan ancha yaxshilandi.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 9 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, mamlakatimizning turli mintaqalarida uchratish mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: