Bodom – raʼnodoshlar oilasiga mansub daraxt va butasimon mevali o‘simlik. Bodom avlodining 40 ga yaqin turi maʼlum. Osiyo, Shimoliy va Markaziy Amerika, Yevropaning janubi, Kavkazorti, O‘rta Osiyoda tarqalgan.
Bodom yer tanlamaydi, lekin yumshoq yerlarda yaxshi o‘sadi, sovuqqa chidami o‘rtacha, qurg‘oqchilikka chidamli, shuning uchun tog‘ yonbag‘irlarida tuproq eroziyasiga qarshi ixota daraxtzorlari barpo etishda ham ekiladi. Daraxtidan 60-80 kg hosil olinadi.
Mamlakatimizda Farg‘ona vodiysi (umumiy bodomzorlarning 60% i), Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 7 ta turi o‘stiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan bodom mahsuloti Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: