Olxo‘ri raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti. 30 dan ortiq turi maʼlum. Eng ko‘p tarqalgan turi oddiy olxo‘ri bo‘lib, tog‘olcha bilan yovvoyi olxo‘rining tabiiy chatishishidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Vatani Kichik Osiyo. O‘zbekistonga Eron orqali kirib kelgan. Yurtimizda ekilish maydoni jihatidan danakli meva daraxtlari orasida o‘rikdan keyin turadi.
Olxo‘ri asosan payvandlab hamda ildiz bachkisidan ko‘paytiriladi, eng yaxshi payvandtag tog‘olcha.
Ko‘chati o‘tqazilgach, 3-5 yilda hosilga kiradi. 20-25 yil yaxshi hosil beradi (30 kg dan 100 kg gacha). 30-35 yil yashaydi. Shaftoli, o‘rik va gilosga qaraganda, sovuqqa chidamli (-30 darajagacha). Bahorgi sovuqlardan kam zararlanadi.
O‘zbekiston hududida 10 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, yurtimizning turli mintaqalarida yetishtirish uchun tavsiya qilingan. Dunyoda qora olxo‘ri mevalarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or sanalgan AQSH, Kanada va Chili davlatlari tajribalari o‘rganilib, respublika hududlarida qora olxo‘ri yetishtirishni ko‘paytirish va eksportga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olxo‘ri mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: