Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Mandarin

AGRO.UZ > Mandarin
AGRO.UZ > Mandarin

Mandarin (Citrus reticulata) — rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi, mevali ekin. Mandarin subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va b.) hududlarda ekiladi.

Vatani — Xitoy. O‘zbekistonda 20-asrning 70-yillaridan maxsus issiqxona va transheyalarda payvanddan o‘stirilgan past bo‘yli navlari yetishtiriladi.

5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. Doim yashil daraxti balandligi 3 m ga boradi.

Mandarin sovuqqa chidamli. Ohak va gumusga boy tuproklarda yuqori hosil olinadi. Mandarin asosan, payvand yo‘li bilan ko‘paytiriladi.

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida mandarinning 1 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan limon mahsuloti Afg‘oniston, Eron, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Mandarin navi

Shox-shabbasi qalin katta bo‘lmagan daraxtchadir. Novdalari tikansiz. 2-3 yilda hosilga kiradi. Mevasi sharsimon shaklda, po‘sti yupqa, silliq yoki biroz g‘adir-budur, qizil-to‘q sariq rangda. Har yili mo‘l hosil beradi. Mevalari noyabr-dekabr oylarida pishadi.

Navning o‘suv davri 220-240 kun, o‘simlik bo‘yi 2-2,5 m, hosildorligi 130-150 s/ga, bir tupdagi hosil vazni 10 kg, bir dona meva vazni 80-100 g.

Navning afzalligi – tez hosilga kiradi va hosildor.

Qayerda yaratilgan: Italiya.

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: