Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Limon

AGRO.UZ > Limon
AGRO.UZ > Limon

Limon (fors tilida “tilla daraxt” degan maʼnoni anglatadi) – rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil ko‘p yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani – Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo. O‘rta Yer dengizi, AQSH, Meksika, Argentina kabi mamlakatlari subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylarida, O‘zbekiston va Tojikistonda issiqxona va transheyalarda ekiladi.

Limon qalamchasidan va payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Issiqsevar, yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. O‘zbekistonda 1949-yildan limonni transheyada o‘stirish ishlari boshlangan, lekin bu usulda limon daraxtlari hosil bermagan. 1960-yillar boshidan limonni issiqxonalarda va transheyalarda o‘stirishga o‘tildi va O‘zbekistonda bog‘dorchilikning yangi tarmog‘i – limonariyalarda limonchilik gurkirab rivojlandi.

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida limonning 4 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan limon mahsuloti Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Limon navlari

Meyer navi limon bilan apelsinni chatishtirishdan olingan tabiiy duragay hisoblanadi. Nav kuchsiz o‘suvchi daraxt bo‘lib, biroz tikanchalar bilan qoplangan yoki tikansiz. 2-3 yili hosilga kiradi. Mevalari oktyabr oyida pishadi.

Mevalari turli shaklda bo‘lib, ovalsimon, yumaloq yoki noksimon, o‘rtacha yoki yirik o‘lchamda. Ular uzoq muddat saqlanmaydi. Har yili mo‘l hosil beradi. Eng qimmatli shifobaxsh va tetiklantiruvchi meva hisoblanadi. Limon uzoq saqlanganda va qayta ishlanganda ham tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi, bu uning qimmatli xususiyatidir.

Navning o‘suv davri 220-240 kun, o‘simlik bo‘yi 2-2,5 m, hosildorligi 200-250 s/ga, bir tupdagi hosil vazni 22-25 kg, bir dona meva vazni 80-100 g.

Navning afzalligi – tez hosilga kiradi va hosildor.

Qayerda yaratilgan: Xitoy.

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi kuchsiz o‘suvchi bo‘lib, tikanchalar bilan bir oz qoplangan yoki tikansiz, bo‘yi 2-2,5 m ga, shox-shabbasining eni 2 m gacha yetadi, shox-shabbasi ixcham bo‘ladi.

Mevasi – turli shaklda bo‘lib, ovalsimon, yumaloq yoki noksimon shaklda, o‘rtacha yoki yirik o‘lchamda, vazni 90-100 g.

Po‘sti silliq, yaltiroq, yupqa, etidan oson ajraladi, yetilishi oldidan ranggi sariq, to‘liq yetilganda qovoqrangda sariq bo‘ladi. Eti och rangli sariq, nozik sersuv. Mevasining taʼmi yaxshi, yoqimli nordon va xushbo‘y bo‘ladi.

Mevalari uzoq saqlanadi va tashiganda urinmaydi.

Har yili mo‘l hosil beradi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli BU va VIT institutida seleksiya yo‘li bilan chatishtirishdan olingan tabiiy duragayi hisoblanadi.

2020-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: