Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Anjir

AGRO.UZ > Anjir
AGRO.UZ > Anjir

Anjir – tutdoshlar oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubi, AQSHda katta maydonlarni egallaydi. Gruziya, Ozarbayjon, O‘rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Vatani – Kichik Osiyo.

Anjir juda qadimdan madaniylashtirilgan o‘simlik sanaladi. Namga ancha talabchan. Uning shiori “boshim cho‘lda, ildizim ko‘lda bo‘lsin” degan gap bor. Sovuqqa chidamsiz. Sho‘rlangan yoki shag‘alli tuproqlarda deyarli o‘smaydi.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (naviga qarab) anjirning 3 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan anjir mahsuloti Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Anjir navlari

Anjir daraxtining bo‘yi o‘rtacha bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosil bera boshlaydi, shox-shabbasi dumaloq, tarqoq. Nav sovuqqa chidamsiz, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi. Mevasining o‘rtacha vazni – 33 g. Eti oq-pushti, sershira, mayin, mazasi shirin, xushbo‘y. Anjir mevasi yirik, avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 68,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi 84,5 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston xalqi seleksiyasi.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Anjir daraxtining bo‘yi o‘rtacha, shox-shabbasi dumaloq, qalin, tarqoq, ko‘chati ekilgandan so‘ng ikkinchi-uchinchi yili hosilga kiradi. Nav sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga unchalik chidamli emas. Nav xo‘raki va qoqibop.

Mevasi avgust oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi, anjir mevasi o‘rtacha, vazni – 20 g. Rangi tillasimon-sariq. Eti och sarg‘ish, mayin, sershira, asaldek shirin. Oddiy sharoitda ho‘l mevasi ko‘pi bilan 2-3 kun saqlanadi.

Hosildorligi – 15,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi 23,4 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nav chet elniki.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mevasi unchalik yirik emas, o‘rtacha vazni – 28-30 g. Ko‘chati ekilgandan so‘ng mevasi avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasining shakli dumaloq-noksimon, rangi och sariq. Eti qizil, mayin, mazasi shirin.

Hosildorligi – 32,0 s/ga, eng yuqori hosildorligi 51,2 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.

1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: