Markaziy Osiyodan tashqari Kavkazorti, Moldova, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Ukrainada o‘sadi. Bolqon yarim oroli, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada ham yetishtiriladi.
Yong‘oq – issiqsevar o‘simlik, ammo qishda baʼzan 27-28 °С gacha pasayadigan joylarda ham o‘stiriladi.
Yong‘oq yorug‘sevar o‘simliklar bilan soyaga chidamli turlari o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egalaydi, biroq yorug‘lik yetarli bo‘lganda, mo‘l hosil beradi. Nam yetarli bo‘lgan tuproqlardagina yaxshi o‘sadi.
Mevasi naviga, ob-havo sharoitiga va o‘sadigan joyiga qarab, 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha pishadi.
Yong‘oq daraxti 8-10, payvand qilingani esa 4—6 yildan boshlab hosilga kiradi. Ayrim tezpishar navlari ikki-uch yoshdayoq meva bera boshlaydi. Bir tup yong‘oqdan qulay sharoitda 100-150 kilogramm, hatto 300-500 kilogrammgacha hosil olish mumkin.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida naviga qarab, yong‘oqning 4 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yong‘oq mahsuloti Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Livan, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Siriya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: