Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

“Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar

AGRO.UZ > “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
AGRO.UZ > “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
  • Respublikada amalda boʼlgan (xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy va milliy) standartlar bilan qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni tanishtirish.
  • Korxonalar buyurtmasiga asosan mahsulotga sifat va xavfsizlik talablarini belgilovchi tashkilotning standartini, mahsulotning ishlab chiqarish texnologik yoʼriqnomasini ishlab chiqish va oʼrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik, idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlanishida koʼmaklashish.
  • Xalqaro tan olingan standartlar “Organic”, “Global GAP”, “Halal”, “BRC”, “BCI” va boshqa standartlar talablarini qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga joriy qilishda maslahat xizmatlarini koʼrsatish.
  • Xalqaro tan olingan standartlar talablarini ishlab chiqarishga joriy qilish boʼyicha oʼqishlar oʼtkazish, maʼlumotlar yetkazish boʼyicha seminarlar tashkil etish.
  • Xalqaro tan olingan standartlar talablarini ishlab chiqarishga joriy qilgan qishloq xoʼjaligi korxonalar tomonidan xalqaro maydonda tan olingan sertifikalashtirish organlarini tanlashda koʼmaklashish.
  • Tuproq, suv, oʼgʼitlar, oʼsimliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya preparatlari, qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʼrsatkichlari boʼyicha laboratoriya taxlillarini oʼtkazish.
  • Davlat standarti: O’zDSt; O’zDSt ISO (ISO standarti asosida); O’zDSt ISO (ISO standarti asosida)
  • Davlatlararo standartlar: GOST
  • Xalqaro standartlar: ISO (International Organization for Standardization); CODEX STAN (Codex Alimentarius)
  • Xalqaro tan olingan standartlar: GLOBAL G.A.P. (Good Agricultural Practices); ORGANIC; BSI (British Standards Institution); ЕЭК ООН (BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi)
  • Boshqa davlartlar standartlari: ASTM (American Society for Testing and Materials); DIN (Deutsches Institut für Normung) va boshqalar
ORGANICGLOBAL G.A.P.
Qo’llash taqiqlanadi
·         Organik o’g’it sifatida ro’yxatdan o’tmagan o’g’itlarni qo’llash·         Kimyoviy pestitsidlarni qo’llash·         Klonlashgan mahsulotlardan foydalanish·         Gen muhandisligi orqali yaratilgan mahsulotlardan foydalanish·         Ionlashtirilgan mahsulotlardan foydalanish
Qo’llashga ruxsat beriladi

·         Ro’xatdan o’tgan mineral o’g’itlarni belgilangan me’yordan oshirmagan holda tuproqqa solish

·         Royxatdan o’tgan kimyoviy pestitsidlarni belgilangan me’yordan oshirmagan holda qo’llash

·         Ruxsat etilgan klonlashgan mahsulotlardan foydalanish

·         Ruxsat etilgan gen muhandisligi orqali yaratilgan mahsulotlardan foydalanish

·         Ruxsat etilgan miqdorda ionlashtirilgan mahsulotlardan foydalanish

  • Standartlarni joriy qilish istagida bo’lgan tashabbuskorlar markaz bilan hamkorlik qilishlari mumkin;
  • Ushbu standartlar bilan tanishish maqsadida tashabbuskorlar markazga murojaat qilishlari mumkin;
  • Umumiy tushunchalarga ega bo’lgandan so’ng, standartlarni joriy etishga kerak bo’ladigan hujjatlar va talablar bilan tanishishlari mumkin;
  • Eksportbop qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda standartlarni markaz bilan shartnoma asosida joriy etish ishlarini amalga oshirish mumkin;
  • Sertifikat olishgacha bo’lgan barcha jarayonlarda markaz tomonidan maslahat xizmatlari ko’rsatiladi.
  1. Maydon tarixi va maydonni boshqarish
  2. Hujjatlarni yuritish va ichki audit tizimi
  3. Mehnat gigiyenasi
  4. Ishchilarning salomatligi, xavfsizligi va farovonligi
  5. Subpudratchilar
  6. Chiqindilarni yo’q qilish va ifloslanishni nazorat qilish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta ishlatish
  7. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish
  8. Shikoyat va takliflar
  9. Qaytarib olish tartibi
  10. Oziq-ovqat mahsulotlarini himoya qilish
  11. GLOBAL G.A.P. holati
  12. Logotipdan foydalanish
  13. Kuzatib boorish va mahsulotlarni ajratish
  14. Moddiy balans
  15. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi
  16. Oziq-ovqat sohasida firibgarlikning oldini olish
  17. Tuproqni barqaror boshqarish
  18. Substratlar
  19. Yig’im-terimgacha bo’lgan davr
  20. Yig’im-terim va yig’im-terimdan keying ishlar

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlashtirish

Sertifikatlashtirish organlari sinov bayonnoma(lari), ishlab chiqarish sharoitlarini baholash va arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishni rad etadi.

Sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazishning umumiy muddati, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq, ushbu mahsulotning barcha sinovlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

O‘zbekiston Sertifikatlashtirish Milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. a) sertifikatlashtirish organlariga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
  2. b) taqdim etilgan mahsulot meʼyoriy hujjatlar va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
  3. v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
  4. g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
  5. d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish;
  6. ye) namunalarni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazish;
  7. j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash);
  8. z) sifat tizimini baholash;
  9. i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash;
  10. k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
  11. l) muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT (O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimi) Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.

Taqdim etilgan mahsulot uchun meʼyoriy hujjatlarda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lganda, sertifikatlashtirish organlari sanitariya-epidemiologiya va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya nazorati yoki ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarurligini aniqlaydi.

Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishi mumkin va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi bilan tugallanishi lozim.

Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);

mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida maʼlumot;

mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, meʼyoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);

olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi.

Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:

ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjatlar nusxasi;

mahsulot yorlig‘ining namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);

amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va meʼyoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).

Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza taqdim etgan bo‘lsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng beriladi.

Umumiy sertifikat olgan mashinalarning soni 823 ta.

Baʼzi sertifikat olgan mashinalarning nomlari va ularning ishlab chiqaruvchisi:

  • Qishloq xo‘jaligi ishlari uchun MASSEY FERGUSON markali g‘ildirakli yangi traktor, model MF7720S Dyna-6, VIN №VKKMX65ETLB344045, Dvig. №LLD432027 – AGROSANOAT MAJMUI VA OZIQ-OVQAT TA`MINOTI SOHASIDAGI LOYI (Fransiya)
  • Navesli barabanli o‘roq mashinasi AT-RM 165cm, Kartoshka yig‘ish uchun mashina ( 2 qatorli) AT-HP2, Qator oralariga ishlov berish uchun freza 90 cm 3+2, Qator Korali Kultivator Bunkerli O‘g‘itlar 3+2 – ООО AGROMASH ELIT (Turkiya)
  • Osma dala Purkagichi ZER-600 LT 12 metr – ООО IMRONAXON OMAD STROY (Турция)
  • Guruch uchun o‘zi yurar ko‘chat usulida ekuvchi mashina (Dvigatel solyarkali) – ФХ SHOXJAXON SHOXRUXXON PAXLOVONLAR (Xitoy)
  • PRITSEPLI MINORALI PURKAGICh, HERBY F 30/50 Weeding Bar for BILATERAL weed removal / – ООО PISKENT MEVA (Italiya)
  • Somon tayyorlash uchun o‘zi yurar mashina – yassilovchi qurilmali o‘roq mashinasi (ozuqa tayyorlash mashinasi) b/u, markasi FORTSCHRITT E 302, 1990g., bir vaqtning o‘zida o‘rilgan o‘tlarni yassilab, ang‘izda taxlovchi o‘t o‘rish uchun mo‘ljallangan mashina – ЧЛ NAZIROV SAMARIDDIN ZIYAVUTDIN OGLI (Germaniya)
  • G‘alla yig‘ish kombayni, modeli – CASE IH AF-4088 – UZKEYSMASH QK (O‘zbekiston)
  • Traktorlar – ichga o‘rnatilgan yonilg‘ili dvigatelli bir o‘qli kultivator, markasi – AEROBS mod: BSD1350DE – ООО RAXIMOV DAMIR SAVDO BARAKA (Xitoy)
  • Ekish mashinalari va ko‘chat usulida ekuvchi mashinalar: Kartoshka ekish mashinas, modeli – KSM 4, yarimnavesli, to‘rt qatorli, qator oralari – 70/75/90 sm, kartoshkani dorilash tizimi bilan, mineral o‘g‘itlash tizimi – KAVSAR ZAMIN OMAD F X (Belarus)
  • Aniq sepuvchi seyalka, markaziy uzatmali, markasi – CPP-12-02 – ООО MIDASIATEX (Turkiya)
  • Kultivator-o‘simlikni oziqlantiruvchi, paxta uchun mo‘ljallangan universal KXU-4V (seriya raqami №7211-7260) – CHIRCHIQ QISHLOQ XO`JALIGI TE (O‘zbekiston)
  • Bir o‘qli traktorlar – kultivator yeryumshatkich motoblok ikkig‘ildirakli, ichga o‘rnatilgan yonilg‘ili dvigatelli, markasi – CRAFT model: 1WG6. 5-105FQ-ZC quvvati – 14HP – ЧП S BEGA TOOLS (Xitoy)
  • Lazerli rejalashtirgich (4,5) Lazer tizim (yig‘ilgan holda) – SN INVEST MCHJ (Turkiya)
  • O‘ziyurar o‘roq mashinasi CASE 304 b/u № 3040028. dv. №301509 – ЧЛ «БАФОЕВ АЗИЗЖОН» (Germaniya)
  • Ikkiqatorli ozuqa yig‘im-terim tirkamali kombayni – НОСИРОВ ТУРА УЛАШОВИЧ Х К (Хитой)
  • G‘ILDIRAKLI TRAKTOR, UMUMIY QO‘LLANILADIGAN, modeli -New Holland, markasi – T7060 – UZKEYSMASH QK (O‘zbekiston)
  • OZUQALARNI MAYDALAGICHH-ARALASHTIRGICH TARQATGICH ISRK-12F – OZODLIK FERMER XO’JALIGI (Belarus)
  • Bog‘ purkagichi, dvigateli yonilg‘ili, ko‘tarma 200 l. Shlang va shlang barabanisiz – ООО BARBAROS MAKINA (Turkiya)
  • QATTIQ OZUQALARNI SEPGICH 10 T (FIMAKS) – ЯКАТУТСАВДА И/Ч МЧ ЖАМИЯТ (Turkiya)
  • 2100 Shohlarni maydalovchi mashina Serial No: 20203-0517 – ООО KHOREZM FRUITS (Turkiya)
  • Borona diskli yarimtirkamali DANA BDP-4×2 P33.520 – ООО MTP SIYOB AGROMASH (Rossiya)

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: