Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

AGRO.UZ > O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
AGRO.UZ > O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil topganiga 2021-yil 110 yil to‘ladi. Institutning tashkil bo‘lishiga 1911-yilda Toshkent shahrida taniqli entomolog-olim V.I. Plotnikov tashabbusi bilan Turkiston entomologik stansiyasi tuzilishi asos bo‘lgan. Bu stansiya asosida 1925-yilda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish stansiyasi tashkil etilib, 1931-yilda u Butunittifoq paxtachilik instituti tarkibiga kirib, O‘simliklarni himoya qilish Markaziy laboratoriyasi deb atala boshladi va 1957-yilda O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti qilib qayta tashkillashtirildi.

Respublikada barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklarining bioekologik hususiyatlarini, zararli organizmlarning hududlar bo‘yicha tarqalishini, zarar keltirish darajasini belgilab beradi hamda zararli organizmlarga (zararkunandalar, kasalliklar, begona o‘tlar) qarshi agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash choralari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, qo‘llanilgan usul va vositalarni biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida yuqori samaradorlikka erishilgan kurash usuli  hamda vositalarini (biolaboratoriyalarda ko‘paytirilayotgan entomofaglar, mikrobiologik preparatlar, kimyoviy preparatlar) Respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash borasida tavsiyalar beradi.

  • Respublikada yetishtiriladigan g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning ko‘payishini oldindan aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • Paxtachilikda g‘o‘zani himoya qilishning yangi texnologiyalarini izlab topish, g‘o‘zaning viltga chidamliligini, viltga qarshi kurashda yangi agrotexnik, biologik, kimyoviy chora- tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;
  • G‘o‘za, g‘alla va boshqa o‘simlik maxsulotlari saqlanadigan ombor zararkunandalariga qarshi integrallashgan kurash tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishda kimyoviy usullarni qo‘llash bilan birga, preparatlarni atrof-muhitga zarar keltirmaydigan usullarini topish va amalda qo‘llash;
  • O‘simliklarni himoya qilish texnologik jarayonini mexanizatsiyalashtirish uchun yangi texnologik vositalarni ishlab chiqish va amalda joriy etish.

Institutda qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan:

  • Davlat texnik dasturlari asosida jami 15 ta loyiha, shundan 12 ta amaliy, 3 ta fundamental loyihalari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.
  • 2020-yilda olib borilgan tadqiqotlar asosan g‘o‘za, g‘alla, mevali bog‘, tok, soya, dukkakli don, sabzavot poliz ekinlari va manzarali o‘simliklarni zararkunanda, kasallik va ombor zararkunandalaridan himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqilgan.
  • G‘o‘za zararkunandalari shira, trips, oqqanot, o‘rgimchakkana va ko‘sak qurtiga qarshi yangi taqdim etilgan insektoakaritsidlarning biologik samaradorligi o‘rganilganda, 85-97% ga yetganligi aniqlandi.
  • Soya biotsenozida uchraydigan zararkunandalarning bioekologik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish asosida qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Kartoshka va pomidor kuyasining tur tarkibi aniqlanib, ular rivojlanishining fenotaqvimlari tuzilgan. Kuyalarning avlodlar bo‘yicha rivojlanish muddatlarini aniqlash usuli ishlab chiqilib, ularga qarshi zamonaviy preparatlarni qo‘llash muddatlari va meʼyorlari aniqlangan.
  • G‘alla maydonlaridagi zang va boshqa kasalliklar, zararli xasva, shiralar, shilliqurt va boshqa zararkunandalar hamda turli xildagi begona o‘tlarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib, respublikaning jami g‘alla maydonlarida to‘liq qo‘llanilishi natijasida o‘rtacha hosildorlik 45-50 s/gani tashkil etgan.

 

  • Viloyatlarda o‘tkazilgan seminarlarda institut olimlari tomonidan fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq 2020-yilda 11 ta ilmiy tavsiyalar tayyorlanib, fermer xo‘jaliklariga taqdim qilingan.

Direktor: Mamatov Kamol Shavkiyevich
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar sh.f.y., Bobur ko‘chasi 4-uy
Telefon: (8-371) 260-48-04
Elektron pochta: uhqi@qsxv.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: