Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Piyoz

AGRO.UZ > Piyoz
AGRO.UZ > Piyoz

Zarari: zararlangan piyoz qavatlari chiriydi, barglari esa sarg‘ayadi va quriydi.

Kurash choralari: piyoz ekiladigan joyni to‘g‘ri tanlash, tuproqqa yetarli o‘g‘it solish, ekinni o‘z vaqtida oziqlantirish, urug‘ni optimal muddatda ekish, piyoz pashshasi yoppasiga uchishni boshlaganda insektitsidlar bilan kimyoviy ishlov o‘tkazish tavsiya etiladi.

Zarari: barg shirasini so‘rib, zarar yetkazadi. Barglarda oqish-kumushrang dog‘lar paydo bo‘ladi, kuchli zararlanganda dog‘lar qo‘shilib ketadi, barglar yirtiladi yoki buralib, sarg‘ayib, qurib qoladi.

Kurash choralari: almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, terimdan keyin o‘simlik qoldiqlarini olib tashlash, yerni chuqur haydash va kimyoviy dorilar bilan ishlov berish.

Zarari: piyoz barglarida paydo bo‘lgan baxmalsimon dog‘lar ularning qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada piyoz boshlari pishmay, puch bo‘lib qoladi.

Kurash choralari: almashlab ekish, maydonlarni o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va kimyoviy ishlov berish.

Zarari: begona o‘tlarga qarshi vaqtida kurashilmasa, o‘rtacha 30-40 foiz hosil nobud bo‘ladi.

Kurash choralari: begona o‘tlarni yo‘qotishda gerbitsidlardan foydalanish yuqori samara beradi. Yerni 20-25 sm chuqurlikda haydash, ekishdan oldin tuproqni chopiq qilish, begona o‘tlarni qo‘lda yulish lozim.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: