Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

AGRO.UZ > Qoraqalpog‘iston Respublikasi
AGRO.UZ > Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog’iston Respublikasi 

Qishloq xo‘jaligi vaziri: Ziyadullayev Zoxidjon Fayzullayevich
Qabul kunlari: Har haftaning dushanba kuni soat 10:00 dan – 13:00 gacha
Manzil: Nukus shahri, T. Qaypberganov ko’chasi, 25-uy
Telefon:(0361) 222-71-41
Sayt: qqr.agro.uz
E-mail: qqr@agro.uz

Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 3 260 326 gektar, shundan: ekin yerlari – 414 806 gektar, ko‘p yillik o‘rmonlar – 7 808 908 gektar, namiqqan yerlar –  9 451 gektar, yaylovlar – 1 717 508 gektar, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari –  1 600 284 gektar.

Umumiy ekin maydoni 414 806 gektarni tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 36 ta agroklasterlar faoliyat yuritadi. Shundan: 5 tasi paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida bo‘lib, 48,665 gektar maydonga joylashgan (ishlab chiqarish hajmi – 114 850 tonna). 13 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 33 300 tonna), 12 tasi meva-sabzavotchilik – sohasida bo‘lib, ularga 14 700 gektar maydon biriktirilgan, 6 tasi esa sholichilik klasterlari bo‘lib, ularga 560 gektar maydon (ishlab chiqarish hajmi – 1 907 tonna) biriktirilgan.

Respublikada 2 ta agrologistika markazi mavjud.

Viloyatda 5 116 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 2 444 tasi paxtachilik, 281 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 520 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 504 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 869 tasi chorvachilik, 498 tasi esa boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

82 gektar maydon issiqxonalar uchun 35 ta fermer xo‘jaligiga taqsimlangan.

Hozirgi kunda viloyatda 306 gektar maydon intensiv bog‘lar va 229 gektar maydon tutzorlar uchun ajratilgan.

Asosiy yer maydoni – 297 276 gektar. Shundan: vaqtincha yoshlarga ajratiladigan yerlar – 25 200 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 86 291 gektar; g‘alla ekinlari (bug‘doy) – 53 000 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 8 165 gektar; sholi 37 237 gektar; dukkaklilar (mosh) – 4 520 gektar; moyli ekinlar – 28 370 gektar (soya – 1 000 gektar, kungaboqar – 6 070 gektar, kunjut – 21 300 gektar); sabzavotlar – 9 448 gektar, shundan: piyoz – 625 gektar, sarimsoq – 207 gektar (avgust-sentyabrda ekish); pomidor – 30 gektar, bodring – 20 gektar, ko‘katlar – 2 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 2 448 gektar, bodring – 1 114 gektar, sabzi – 2 530 gektar, piyoz – 851 gektar, sarimsoq – 289 gektar, karam – 495 gektar, ko‘katlar – 8 gektar, ukrop – 8 gektar, petrushka – 45 gektar, ko‘kpiyoz – 13 gektar, rediska – 9 gektar, bulg‘or qalampiri – 170 gektar, baqlajon – 191 gektar, lavlagi – 241 gektar, sholg‘om – 85 gektar, turp – 75 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 5 034 gektar (tarvuz – 1 570 gektar, qovun – 2 095 gektar, qovoq – 1 369 gektar); kartoshka – 3 100 gektar; ozuqabop ekinlar – 54 803 gektar; boshqa ekinlar – 2 990 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 4 137 gektar (mevali daraxtlar – 660 gektar) (danaklilar – 800 gektar, mevalilar – 860 gektar); uzumzorlar2 453 gektar; (tutzorlar – 204 gektar).

Takroriy ekin uchun yer maydoni – 24 861 gektar. Shundan: sabzavotlar – 2 270 gektar; sabzi – 1 967 gektar; sholg‘om – 107 gektar; turp – 106 gektar; karam – 40 gektar; lavlagi – 50 gektar; kartoshka – 150 gektar; moyli ekinlar (kungaboqar) – 5 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 620 gektar; dukkaklilar (mosh) – 4 700 gektar; sholi – 10 000 gektar; ozuqabop ekinlar – 1 921 gektar.

Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 5 343 gektar (meva bog‘lari – 3 340 gektar, uzumzorlar – 2 003 gektar). Ekinlar: pomidor – 127 gektar; bodring – 104 gektar; sabzi – 53 gektar; piyoz – 300 gektar; karam – 40 gektar; ko‘katlar – 30 gektar; baqlajon – 40 gektar; kartoshka – 100 gektar; dukkaklilar – 100 gektar.

Tutzorlar – 127 gektar (balxi tut – 64 gektar, shotut – 63 gektar).

Hammasi bo‘lib 2020-yilda eksport hajmi 8,1 million AQSH dollari qiymatidagi 128 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashkil etdi.

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;

– Agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

– Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

– Keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;

– Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– O‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– Taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: