Toshkent viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Norbo‘tayev Ravshan Mamaraimovich
Qabul kunlari: Haftaning har juma kuni
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Xurramlik ko‘chasi, 5-uy
Telefon: (99) 840-01-17
E-mail: toshkentv@agro.uz
Toshkent viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Norbo‘tayev Ravshan Mamaraimovich
Qabul kunlari: Haftaning har juma kuni
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Xurramlik ko‘chasi, 5-uy
Telefon: (99) 840-01-17
E-mail: toshkentv@agro.uz
Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 292,667 ga. Umumiy ekin maydoni 292,667 ga.
Toshkent viloyatida 34 ta agroklaster ishlaydi. Shundan 6 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi – 200 489 tonna), 5 ta g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 21,706 tonna), 23 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 222 645 tonna) yo‘nalishida. Ularga 107 46 gektar yer biriktirilgan, shundan 48 718 gektar maydon klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klaster tarkibiga kiruvchi 2 460 ta fermer xo‘jaligi 58 728 gektar maydonga egalik qiladi.
Shuningdek, 23 ta kooperatsiya va 2 ta agrologistika markazi mavjud.
Ushbu hududda 6 645 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1 166 tasi paxta-g‘allachilik, 186 tasi g‘allachilik, 1 918 tasi bog‘dorchilik, 821 tasi uzumchilik, 663 tasi bog‘dorchilik va poliz ekinlari, 779 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 865 tasi chorvachilik, 15 tasi ipakchilik, 4 tasi parrandachilik, 167 tasi baliqchilik, 4 tasi asalarichilik va 57 tasi boshqa yo‘nalishlarda.
Viloyatda 1,507 gektar maydon 649 ta fermer xo‘jaligiga issiqxonalar uchun taqsimlangan.
Asosiy ekin maydonlar – 290 356 ga. Shundan: yoshlarga vaqtincha ajratiladigan yerlar – 17 845 ga; texnik ekinlar– 72 161 ga (paxta); g‘alla ekinlari (bug‘doy) – 106 485 ga; ozuqabop makkajo‘xori– 5 638 ga; sholi – 6 375 ga; dukkaklilar – 8 692 ga (no‘xat – 2 369 ga, mosh – 3 694 ga, loviya – 18 ga, fasol – 2 276 ga); moyli ekinlar– 6 365 ga (soya – 2 617 ga, kungaboqar– 3 711 ga); sabzavotlar – 27 801 ga, shundan: piyoz – 1 478 ga, sarimsoq – 827 ga (avgust-sentyabr); piyoz – 1 345 ga, sabzi – 1 830 ga, lavlagi – 816 ga, ko‘kat – 3 179 ga (selderey – 189 ga, aysberg – 28 ga, ukrop – 1 565 ga, petrushka – 250 ga, koriandr – 809 ga, ko‘kpiyoz – 338 ga, karam – 1 006 ga (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 1 275 ga, bodring – 325 ga, ko‘kat – 1 ga, bulg‘or qalampiri – 2 ga, qalampir – 2 ga (issiqxonalarda); pomidor – 2 432 ga, bodring – 1 423 ga, sabzi – 2 113 ga, piyoz – 2 002 ga, sarimsoq – 15 ga, karam – 2 346 ga (gulkaram– 363 ga, brokkoli – 13 ga, kolrabi – 6 ga, karam – 1 964 ga), ko‘kat – 1 275 ga (selderey – 2 ga, aysberg – 188 ga, ukrop – 618 ga, petrushka – 124 ga, koriandr – 303 ga, ko‘kpiyoz – 40 ga); rediska – 14 ga bulg‘or qalampiri– 981 ga, qalampir – 124 ga, baqlajon – 696 ga, lavlagi – 684 ga, qovoqcha – 13 ga, sholg‘om – 47 ga, turp – 81 ga, shirin makkajo‘xori – 1 469 ga (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 1 840 ga (tarvuz – 1 036 ga, qovun – 336 ga, qovoq – 468 ga); kartoshka – 6 353 ga; ozuqabop ekinlar – 36 370 ga; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 3 495 ga (mevali daraxtlar – 2 106 ga (danaklilar – 1 580 ga, mevalilar – 526 ga), uzumzorlar – 1 371 ga, tutzorlar – 18 ga).
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 90 208 ga. Shundan: sabzavotlar – 12 948 ga (sabzi – 3 351 ga, pomidor – 561 ga, bodring – 1 281 ga, sholg‘om – 557 ga, turp – 676 ga, karam – 2 333 ga; ko‘kat – 1 913 ga (petrushka – 324 ga, selderey – 70 ga, koriandr – 88, ko‘kpiyoz– 30, aysberg – 1 253 ga, ukrop – 147 ga); bulg‘or qalampiri– 43 ga; qalampir – 15 ga; lavlagi – 542 ga; shirin makkaxo‘xori – 1 676 ga; kartoshka – 9 726 ga; poliz ekinlari – 769 ga (tarvuz – 671 ga, qovun – 16 ga, qovoq – 87 ga); ozuqabop makkajo‘xori – 210 ga; dukkaklilar – 47 605 ga (mosh – 31 655 ga, loviya – 136 ga, fasol – 15 585 ga, yeryong‘oq– 230 ga); sholi – 1 050 ga; ozuqabop ekinlar – 17 900 ga.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 45 688 ga (mevali bog‘lar – 32 163 ga, uzumzorlar – 13 525 ga). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 889 ga; sarimsoq – 602 ga. To‘qsonbosti usulida: piyoz – 255 ga sabzi – 87 ga, lavlagi – 70 ga; ko‘kat – 232 ga, karam –28 ga. Bahorda: pomidor – 649 ga; bodring – 246 ga; sabzi – 293 ga; piyoz – 121 ga, karam – 128 ga; ko‘kat – 250 ga; bulg‘or qalampiri– 183 ga; qalampir – 14 ga; baqlajon – 6 ga; lavlagi – 117 ga; bug‘doy – 35 ga; kartoshka – 317 ga; poliz ekinlari – 300 ga; dukkaklilar – 2 164 ga; makkajo‘xori – 952 ga.
Hozirgi vaqtda viloyatdagi 125 37 ga yer maydoni 883 ta fermer xo‘jaliklariga intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
– Toshkent viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: