Buxoro viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Javodov Askar Nazarovich
Qabul kunlari: Har oyning to‘rtinchi juma kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Buxoro shahar, B. Naqshband ko‘chasi, 297/1-uy
Telefon: (65) 225-06-02
E-mail: buxoro@agro.uz
Buxoro viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Javodov Askar Nazarovich
Qabul kunlari: Har oyning to‘rtinchi juma kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Buxoro shahar, B. Naqshband ko‘chasi, 297/1-uy
Telefon: (65) 225-06-02
E-mail: buxoro@agro.uz
Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 279 913 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni 204 731 gektardan iborat.
Buxoro viloyatida jami 23 ta agroklaster faoliyat yuritadi. Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish quvvati 331 800 tonna), 8 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish quvvati 21 555 tonna), 5 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish quvvati 20 300 tonna), 2 ta dorivor o‘simliklar klasteri (ishlab chiqarish quvvati 2 tonna). Ularga 104 206 gektar maydon ajratilgan, shundan 11 992 gektar maydon klasterga berilgan bo‘lib, klaster tarkibiga kiruvchi 3 177 ta fermer xo‘jaligi 92 124 gektar yerga egalik qiladi.
Shuningdek, viloyatda 1 ta agrologistika markazi faoliyat olib boradi.
Viloyatda 4883 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 2 764 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 948 tasi bag‘dorchilik-uzumchilik, 143 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 14 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 974 tasi chorvachilik, 105 tasi esa boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan.
Viloyatdagi 780,1 gektar maydon 438 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun taqsimlangan.
Hozirgi kunda viloyatda 2 772 gektar maydon 196 ta fermer xo‘jaligiga intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
Asosiy yerlar maydoni – 222 019 gektar. Shundan: yoshlarga vaqtinchalik ajratiladigan yerlar – 17 300 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 97 900 gektar; g‘alla ekinlari (bug‘doy) – 60 600 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 1 800 gektar; sholi – 70 gektar; dukkaklilar – 1 200 gektar (mosh – 1 000 gektar, loviya – 200 gektar); moyli ekinlar – 4 885 gektar (soya – 1 000 gektar, kungaboqar – 3 885 gektar ); sabzavotlar – 7 732 gektar, shundan piyoz – 620 gektar, sarimsoq – 300 gektar (avgust-sentyabrda ekish); pomidor – 456 gektar, bodring – 178 gektar, ko‘katlar – 48 gektar, bulg‘or qalampiri – 20 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 2 022 gektar, bodring – 843 gektar, sabzi – 920 gektar, piyoz – 578 gektar, karam – 601 gektar (gulkaram – 169 gektar, karam – 432 gektar), ko‘katlar – 55 gektar, ukrop – 17 gektar, koriandr – 7 gektar, ko‘kpiyoz – 15 gektar, bulg‘or qalampiri – 363 gektar, baqlajon – 156 gektar, lavlagi – 378 gektar, shirin makkajo‘xori – 196 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 4 145 gektar (tarvuz – 1 915 gektar, qovun – 2 005 gektar, oshqovoq – 225 gektar); kartoshka – 533 gektar, ozuqabop ekinlar – 33 292 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 9 862 gektar (mevali daraxtlar – 5 000 gektar (danaklilar – 3 025 gektar, mevalilar – 1 975 gektar); uzumzorlar – 4 700 gektar, tutzorlar – 162 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 55 241 gektar. Shundan: sabzavotlar – 4 000 gektar; sabzi – 2 051 gektar; sholg‘om – 793 gektar; turp – 793 gektar, shirin makkajo‘xori – 363 gektar; poliz ekinlari – 2 200 gektar (tarvuz – 1 045 gektar, qovun – 934 gektar, qovoq – 221 gektar); moyli ekinlar (kungaboqar) – 6 300 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 3 929 gektar; dukkaklilar (mosh) – 4 627 gektar; guruch – 500 gektar; ozuqabop ekinlar – 13 175 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 15 738 gektar (mevali bog‘lar – 9 832 gektar, uzumzorlar – 5 906 gektar). Ekinlar. Bahorda: pomidor – 921 gektar; bodring – 360 gektar; sabzi – 293 gektar; piyoz – 189 gektar; karam – 186 gektar; ko‘katlar – 50 gektar; bulg‘or qalampiri – 56 gektar; baqlajon – 65 gektar; lavlagi – 96 gektar; poliz ekinlari – 300 gektar; dukkaklilar – 634 gektar.
Hammasi bo‘lib, 2021-yilda qiymati 157 524 AQSH dollari bo‘lgan 105 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.
– Buxoro viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish
va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: