Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Xorazm viloyati

AGRO.UZ > Xorazm viloyati
AGRO.UZ > Xorazm viloyati

Xorazm viloyati

Boshqarma boshlig‘i: Yusupov Otabek Boltaboyevich
Qabul kunlari: Har haftaning juma kuni soat 10:00 dan – 12:00 gacha
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahar, Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi, 178-uy
Telefon: (99-862) 228-82-84
E-mail: xorazm@agro.uz

Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 408 749 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 262 143 gektar.

Hammasi bo‘lib Xorazm viloyatida 12 ta paxtachilik (maydoni – 82 757 gektar, hosildorligi – 33,2 gektar, ishlab chiqarish quvvati – 275 102 tonna) va 3 ta meva-sabzavotchilik (maydoni – 1 580 gektar) agroklasterlari faoliyat yuritadi. 1 ta agrologistika markazi mavjud.

Viloyatda 3 917 ta fermer xo‘jaliklari bor. Ulardan 1 516 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 728 tasi bog‘dorchilik, 49 tasiuzumchilik, 80 tasi sabzavotchilik-polizchilik, 19 tasisabzavotchilik-g‘allachilik, 44 tasi tutchilik, 81 tasi parrandachilik, 540 tasibaliqchilik, 22 tasiarichilik, 243 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid.

Viloyatda 212 gektar yer 148 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.

Ayni vaqtda 8 084 gektar yer bog‘lar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 3 221 gektarida intensiv bog‘lar barpo etilgan.

Asosiy yer maydonlari – 202 776 gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik ajratilgan yerlar – 15 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 82 757 gektar; g‘alla (bug‘doy) – 33 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 680 gektar; sholi – 6 090 gektar; dukkaklilar – 4 552 gektar (mosh); moyli ekinlar – 1 830 gektar (soya – 1 000, kungaboqar – 333 gektar, kunjut – 497 ga); sabzavotlar – 6 538 gektar, ulardan: pomidor – 121 gektar, bodring – 48 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 656 gektar, bodring – 701 gektar, sabzi – 1 911 gektar, piyoz – 955 gektar, karam – 318 gektar, ko‘katlar – 223 gektar (ulardan: ukrop – 95 gektar, petrushka – 64 gektar, ko‘kpiyoz – 64 gektar, rediska – 96 gektar), bulg‘or qalampiri – 191 gektar, qalampir – 64 gektar, baqlajon – 127 gektar, lavlagi – 127 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 9 493 gektar (tarvuz – 2 010 gektar, qovun –  6 783 gektar, qovoq – 700 ga); kartoshka – 2 237 gektar; ozuqabop ekinlar – 46 915 gektar; boshqa ekinlar– 861 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 5 623 gektar (mevali daraxtlar– 2 500 gektar (danaklilar – 926 gektar, mevalilar – 1 575 gektar)); uzumzorlar – 1 545 gektar, tutzorlar – 1 578 gektar.

Takroriy ekin uchun yer maydoni – 34 000 gektar. Ulardan: sabzavotlar –
1 112 gektar; sabzi – 574; pomidor – 92 gektar, sholg‘om – 93 gektar; turp – 151 gektar; karam – 152 gektar; baqlajon – 531 gektar; lavlagi – 50 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 347 gektar; moyli ekinlar – 1 223 gektar ( ulardan: kunjut – 632 gektar, kungaboqar – 591 gektar); dukkaklilar – 2 814 gektar (mosh); sholi – 23 910 gektar; ozuqabop ekinlar – 4 594 gektar.

Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 9 447 gektar (mevali bog‘lar – 8 042 gektar, uzumzorlar –
1 405 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 738 gektar; sarimsoq – 217 gektar. Bahorda: pomidor – 1 286 gektar; bodring – 1 078 gektar, sabzi – 1 037 gektar, piyoz – 108 gektar, karam – 158 gektar; ko‘katlar – 83 gektar; bulg‘or qalampiri – 124 gektar; qalampir – 62 gektar, baqlajon – 124 gektar; lavlagi – 83 gektar; poliz ekinlari – 720 gektar.

2020-yilda 99 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.

– Xorazm viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;

– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;

– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: