Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Jizzax viloyati

AGRO.UZ > Jizzax viloyati

Jizzax viloyati

Boshqarma boshlig‘i: Boboqulov Baxtiyor Xazratqulovich
Qabul kunlari: Har haftaning juma kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
Manzil: Jizzax shahar, Sh. Rashidov ko‘chasi 362-uy
Telefon: (72) 226-32-44, 226-37-44
E-mail: jizzax@agro.uz

Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 489 262 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni esa 603 420 gektar.

Hammasi bo‘lib, Jizzax viloyatida 25 ta agroklaster korxonalari faoliyat yuritadi. Ulardan 6 tasi paxta-to‘qimachilik, 7 tasi g‘allachilik va 12 tasi meva-sabzavotchilik klasterlari.

Viloyatda 4 ta agrologistika markazlari ishlab turibdi. 7 719 ta fermerlik va 3 190 ta dehqon xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. 94 gektar yer maydoni fermerlik xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan.

Hozirgi vaqtda 4 702 gektar yer intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.

Asosiy yerlarning maydoni 268 418 gektarni tashkil etadi. Shundan: vaqtincha yoshlarga beriladigan yer – 25 180 gektar. Texnik ekinlar (paxta) – 80 200 gektar; g‘alla ekinlari – 93 500 gektar (bug‘doy – 90 500 gektar; arpa – 3 000 gektar); ozuqabop makkajo‘xori – 5 900 gektar; guruch – 600 gektar; dukkaklilar – 6 672 gektar (no‘xat – 2 392, mosh – 2 085 gektar; loviya – 1 280 gektar), fasol – 311 gektar, yeryong‘oq – 604 gektar); moyli ekinlar – 14 237 gektar (soya – 10 000 gektar, kungaboqar – 2 902 gektar, kunjut – 835 gektar, raps – 500 gektar); sabzavotlar – 9 072 gektar, shundan piyoz – 313 gektar, sarimsoq – 272 gektar (avgust-sentyabr uchun ekish); piyoz – 431 gektar, sabzi – 150 gektar, ko‘katlar – 94 gektar, ukrop – 26 gektar, petrushka – 25 gektar, koriandr – 28 gektar, ko‘kpiyoz – 15 gektar, karam – 31 gektar (gulkaram – 9 gektar, karam – 22 gektar) (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 104 gektar, bodring – 53 gektar, ko‘katlar – 1 gektar, bulg‘or qalampiri – 22 gektar, qalampir – 7 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 863 gektar, bodring – 347 gektar, sabzi –1 176 gektar, piyoz – 4 089 gektar, sarimsoqpiyoz – 123 gektar, karam – 204 gektar (gulkaram –  33, karam 171 gektar), ko‘katlar – 118 gektar, ukrop – 52 gektar,  petrushka – 25 gektar, koriandr – 19 gektar, ko‘kpiyoz – 22 gektar, rediska – 14 gektar, bulg‘or qalampiri – 197 gektar, baqlajon – 76 gektar, lavlagi – 77 gektar, qovoqcha – 27 gektar, sholg‘om – 92 gektar, turp – 49 gektar, shirin makkajo‘xori – 12 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 11 369 gektar (tarvuz – 5 054 gektar, qovun – 5 327 gektar, qovoq – 988 gektar); kartoshka – 1 800 gektar; ozuqabop ekinlar – 30 260 gektar; boshqa ekinlar – 3 927 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 10 881 gektar (mevali daraxtlar – 3 420 gektar (danaklilar – 2 800 gektar, mevalilar – 620 gektar); uzumzorlar – 7 032 gektar, tut daraxti – 439 gektar.

Takroriy ekinlarga ajratilgan yer maydoni – 56 602 gektar. Shundan: sabzavotlar – 760 gektar; sabzi – 331; pomidor – 121 gektar; bodring – 71 gektar; sholg‘om – 161 gektar; turp – 7 gektar; karam – 39 gektar; baqlajon – 5 gektar, shirin makkajo‘xori – 363 gektar; poliz ekinlari – 6 433 gektar (tarvuz – 1 944 gektar, qovun – 4 288 gektar, qovoq – 201 gektar); moyli ekinlar (kungaboqar) – 4 528 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 1 582 gektar; dukkaklilar – 34 029 gektar (mosh – 32 332 gektar, loviya – 625 gektar, fasol – 1 072 gektar); ozuqabop ekinlar – 4 450 gektar.

Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 18 3 34 gektar (mevali bog‘lar – 13 000 gektar, uzumzorlar – 5 334 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 227 gektar, sarimsoq – 165 gektar ; to‘qsonbosti usulida: piyoz – 456 gektar, sarimsoq – 219 gektar, 29 gektar; bahorda: pomidor – 690 gektar; bodring – 38 gektar ; sabzi – 347 gektar; piyoz – 353 gektar; karam – 39 gektar; ko‘katlar – 40 gektar; bulg‘or qalampiri – 29 gektar; qalampir – 24 gektar; baqlajon – 9 gektar; lavlagi – 92 gektar; kartoshka – 94 gektar, poliz ekinlari – 1 994 gektar; dukkaklilar – 1 918 gektar; makkajo‘xori – 33 gektar.

– Jizzax viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;

– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;

– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: