Muassasa qanday ish bilan shug‘ullanadi?
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish borasidagi yangi standartlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni ishlab chiqish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi.
Chet el va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi melioratsiya texnikasi tavsiflarining xalqaro standartlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sertifikatlash ishlari va sinovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi xududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestrini yuritadi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash hamda sinash sohasida xalqaro hamkorlikni, shuningdek ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: