Qalampir yalpiz – Mentha piperita L.
Yalpiz – Mentha piperita L. – myata perechnaya – Lamiaceae –yasnotka – guldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik ildizpoyali o‘tsimon, o‘tkir hidli o‘simlik. Poyalari 4 qirrali, tuksiz, yoni sal yopiq tukli, 80 sm ga yetadi. Barglari bandli, tuxumsimon, qarama-qarshi joylashgan, chetlari arrasimon qirqilgan, uchi o‘tkir. To‘pgullari boshoqsimon, soxta xalqalardan iborat, gullari mayda, binafsharang. Mevasi to‘rtta yong‘oqcha, to‘q-qo‘ng‘ir rangda.
Qalampir yalpiz yetishtirish texnologiyasi
Yalpiz o‘stirish uchun mo‘ljallangan maydon kuzda 25 sm chuqurlikda haydaladi. Haydashdan oldin yerga gektariga 20 tonna chirigan go‘ng va 100 kg fosfor solinadi. Yalpiz ildizpoya – qalamchadan ko‘paytiriladi. Ekishdan oldin 8-10 sm uzunlikda qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalar mart-aprel oylarida 10 sm chuqurlikda tayyorlangan jo‘yaklarga bir-biridan 20-25 sm masofada ekiladi. Qator oralari 60 sm bo‘lganda bir gektar yerga 7-8 mingta ildizpoya qalamchalari zarur bo‘ladi. Ekilgandan so‘ng sug‘orish egatlari olinadi va tuproq suvga to‘yingunga qadar sug‘oriladi yalpizning rivojlanib yaxshi hosil berishi muntazam sug‘orib va o‘g‘itlab turishga bog‘liq. Qalampir yalpiz organik va mineral o‘g‘itlarga juda talabchan. O‘simlik ekilgandan 17-20 kun o‘tgach yoki yon shoxlari paydo bo‘lishi bilan gektar hisobiga 40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy o‘g‘itlari bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish shonalash fazasida 40 kg azot va 30 kg dan fosfor o‘g‘itlarini berish bilan amalga oshiriladi. Qalampir yalpiz gullash fazasida mineral o‘g‘itlarini juda ko‘p talab qilishni hisobga olib, azotli va kaliyli o‘g‘itlardan gektariga 30 kg dan qo‘llab oziqlantirish to‘xtatiladiVegetatsiya davomida birinchi va keyingi yillar gektar hisobiga 110-120 kilogramm azot, 80 kilogramm fosfor va 60 kilogramm kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Tuproq doim nam holatda bo‘lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan tuproqni yumshatib turush va begona o‘tlarni yo‘qotish ham muhum ahamiyat kasb etadi. Yetarli darajada sug‘orilmasa, o‘simlik bo‘yi kalta, kam hosil beradi. O‘simlik ekilgan birinchi yili 8 marta sug‘oriladi, 5 marta yer yumshatilib o‘toq qilinadi. Ikkinchi yili sug‘orish soni o‘zgarmaydi, o‘simlik bo‘sh yerlarning deyarli hammasini egallab yaxshigina o‘tzor hosil qiladi, shuning uchun qator oralari faqat bahorda yumshatiladi. Uchunchi yili ekinzor yumshatilmaydi. Zaruratga qarab qo‘lda o‘toq qilinadi. To‘rtinchi yili bahorda dala kultivatorlar yordamida ag‘dariladi va ildizpoyalari yig‘ib olinib, boshqa maydonga ekiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi
Tayyor mahsulot cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, qisqa bandli, o‘tkir uchli, arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo‘lib, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo‘g‘on tomirdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o‘tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi. XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 14%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 6%, qoraygan barglar 5%, poya va gul aralashmalari 10%, teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 5% (butun dorivor mahsulotlar uchun), organik aralashmalar 3% va mineral aralashmalar 1% gacha bo‘lishi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 10 mm dan yirik bo‘lakchalar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 8% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi
O‘simlik bargida 2,40—2,75%, gul to‘plamida 4—6%, poyasida 0,3% efir moyi bo‘ladi.Qalampir yalpizning yangi navlari tarkibida 4—5% gacha efir moyi bor. XI DF ga ko‘ra barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir moyining uchib ketishini nazarda tutgan holda) 1% dan kam efir moyi bo‘lmasligi kerak. Efir moyi o‘simlikning yer ustki qismidan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Moy tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik bo‘lib, hushbo‘y hidga va og‘izni uzoq muddatgacha sovitadigan o‘tkir mazaga ega.
Qalampir yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko‘ngil aynishiga va qayt qilishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og‘iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo‘llari kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati — validol, ko‘krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi. Efir moyi va mentol oziq-ovqat hamda parfyumeriya sanoatida ham qo‘llaniladi.
1 gektar maydonda qalampir yalpiz yetishtirish | |||
bo‘yicha namunaviy hisob-kitoblar | |||
Xarajat turlari | O‘lchov birligi | Jami xarajat | |
Summasi | Salmog‘i% | ||
Jami 1 yil uchun | |||
Ekin maydoni | gektar | 1,0 | x |
Hosildorlik | s/ga | 15 | x |
Yalpi hosil | tonna | 1,5 | x |
Jami xarajat | ming so‘m | 11 410 | 100,0 |
shu jumladan: | |||
Birinchi yil uchun | |||
Jami xarajat | ming so‘m | 11 410 | 100 |
Mehnat haqi ko‘shimchasi b-n | ming so‘m | 2 740 | 24,0 |
Mineral o‘g‘itlar: | |||
qiymati | ming so‘m | 1560 | 13,7 |
sh.j. Azot: | |||
Miqdori Sulfat ammoniy | kg | 150 | x |
Qiymati | ming so‘m | 450 | 3,9 |
Fosfor: | |||
Miqdori superfos | kg | 100 | x |
Qiymati | ming so‘m | 850 | 7,4 |
Kaliy: | |||
Miqdori | kg | 100 | x |
Qiymati | ming so‘m | 260 | 2,3 |
Kimyoviy himoya | ming so‘m | 150 | 1,3 |
Ko‘chat | |||
Miqdori | dona/ming | 60 | x |
Qiymati | ming so‘m | 3 000 | 26,3 |
YoMM: | |||
Miqdori | kg | 44 | x |
Qiymati | ming so‘m | 550 | 4,8 |
Mexanizatsiya xizmatlari | ming so‘m | 720 | 6,3 |
Soliq | ming so‘m | 200 | 1,8 |
Suv solig‘i | ming so‘m | 340 | 3,0 |
Boshqa xarajatlar | ming so‘m | 590 | 5,2 |
Jami daromad | ming so‘m | 37 500 | |
Foyda, zarar (+,-) | ming so‘m | 26 090 | |
Rentabellik darajasi | % | 228,7 | |
Bir tonna mahsulot ishlab | |||
chiqarish tannarxi | ming so‘m | 7 607 | |
Bir tonna mahsulotni o‘rtacha | |||
sotish bahosi | ming so‘m | 25 000 |
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: