Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Fermerlar uchun imtiyozlar va subsidiyalar

AGRO.UZ > Fermerlar uchun imtiyozlar va subsidiyalar
AGRO.UZ > Fermerlar uchun imtiyozlar va subsidiyalar

IMTIYOZLAR 

• 2018-yil 1-apreldan boshlab fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish amaliyoti joriy etildi.

• Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3824-son qarori bilan faoliyati davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etildi.

• Zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi joriy etildi.

• Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi o‘rnatildi.

 

SUBSIDIYALAR

• Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlash ishlarini izchil davom ettirish, sohaga tijorat bank va lizing tashkilotlarni jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ- 4268-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan kredit yoki lizing asosida xarid qilingan texnikaning tijorat foizini 10 foiz punktigacha qoplab berilishi hamda mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun texnika qiymatining 15 foiz miqdorida Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi mexanizmi joriy etildi.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori bilan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari xarid qilinganda agregat qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi belgilandi.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi PQ-4973-son qaroriga asosan sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi miqdorida Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi joriy etildi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: