O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali amalga oshiradi.
Xohlovchilar saytda e’lon qilib boriladigan mavjud vakant lavozimlaridan birining malaka talablariga muvofiq tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
⚡️QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA ISHLASHNI XOHLOVCHILAR UCHUN OCHIQ MUSTAQIL TANLOV E’LON QILINADI
📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida mavjud vakant lavozimlaridan birini malakaviy talablariga muvofiq tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Nomzodlar bir vaqtning o‘zida 3 tagacha vakant lavozimlarga elektron tarzda ariza topshirish imkoniyatiga ega.
🔸Ichki audit va kompleks nazorat boshqarmasi
– Boshqarma boshlig’i
🔸Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish boshqarmasi
– Boshqarma boshlig’i
🔸Xalqaro aloqalar boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
– Bosh mutaxassisi
🔸Marketing boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
🔸 Ijro intizomi bo‘limi
– Bosh mutaxassisi
Yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va cho‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ishlov berish boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
Hujjatlar 🗓 2022-yil 15-dekabrdan 19-dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
vacancy.argos.uz
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: