Tok – uzumdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik daraxtsimon lianalar turkumi, yer sayyorasida eng keng tarqalgan meva ekinlaridan biri. Fransiya, AQSH, Ispaniya, Italiyada millionlab gektar maydonlarda, asosan, vinobop navlari yetishtiriladi.
Tok issiqsevar, yorug‘sevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi, ko‘chatlari qalamchalardan, payvand qilish orqali, seleksiya maqsadida urug‘laridan o‘stiriladi, 2-3 yilda hosilga kiradi.
Tok aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sug‘oriladigan, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. 30-300 yil yashaydi. O‘rtacha hosildorligi 70-600 s/ga.
2013-2015-yillar davomida Parkent, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Zangiota, Samarqand, Jomboy, Asaka tumanlari meva-uzum yetishtirishga ixtisoslashtirildi, yangi tokzorlar barpo etildi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (naviga qarab) uzumning 50 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan uzum mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Mongoliya, BAA, Polsha, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: