Chilonjiyda – jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta, ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Astraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida o‘sadigan 50 dan ortiq turi maʼlum. Madaniylashgan Xitoy chilonjiydasi Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. 100 yildan ortiq yashaydi.
Qurg‘oqchilik va issiqqa, sovuqqa chidamli, bahorgi qorasovuqlardan zararlanmaydi. 18-20 yoshida bir tup daraxti 40-45 kg meva beradi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida chilonjiydaning 2 ta navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: