Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Behi

AGRO.UZ > Behi
AGRO.UZ > Behi

Behi – raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qrim, Ukrainaning janubida keng tarqalgan. Behi, asosan urug‘idan ko‘kartirilgan niholga payvandlab ko‘paytiriladi. Ko‘chati o‘tqazilgach, 3-4 yilda hosil beradi. 30-40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari 60-70 kg hosil beradi.

Behi daraxti issiqlik va namlikka talabchan. Sug‘oriladigan unumdor tuproqlarda, sho‘ri kam yerlarda o‘sadi. O‘suv davrida tuproq sharoitiga qarab 3-8 marta sug‘oriladi.

O‘zbekiston hududida behining 8 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya etiladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan behi mahsuloti Afg‘oniston, Belorus respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Turkmaniston, Chexiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Behi navlari

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,7 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir. Behi ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 181 g, shakli olmasimon, silliq, pishgan vaqtida sarg‘ish rangga kiradi.

Hosildorligi – 342,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 398,4 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Mualliflar: A.K. Pavlov, U.M. Mirzahidov.

1986yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 2,9 m, shox-shabbasi tarqoq, yassi dumaloq. Behi ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi bochkasimon, asos tomoni sal kengaygan, rangi sariq. Mevasining o‘rtacha vazni 198 g bo‘lib, eti och sarg‘ish, zich, mazasi nordon, o‘rtacha sershira, xushbo‘y.

Hosildorligi – 69,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 112,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: A.K. Pavlov.

1959yil Davlat reyestriga kiritilgan

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,6 m bo‘lib, shox-shabbasi dumaloq shaklli, uchinchi yili hosil bera boshlaydi.

Mevasi dumaloq ranet shaklli, silliq, yaltiroq, sal tuklangan. Mevasi pishgan vaqtida tillasimon-sariq rangga kiradi, mevasining o‘rtacha vazni – 210 g. Eti och sarg‘ish.

Hosildorligi – 152,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 198,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.

1986yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Xorazm viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mahalliy nav, daraxti o‘rta o‘suvchi.

Mevasi yirik (235 g), dumaloq, tepasi ozroq siqiq, oltinsimon sariq, ozroq jigarrang, tukli. Meva eti o‘rtacha zichlikda, suvli yumshoq, nordon shirin, hidli, universal ishlatishga moyil.

Hosilga 4-5 yili kiradi, oktyabr oyida pishadi, fevral oyigacha saqlanadi.

Hosildorligi 150-180 s/ga.

2012yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 2,5 m, shox-shabbasi qalin, behi daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 261 g, mevasining rangi och sariq, sal tuklangan.

Hosildorligi – 347,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 385 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.

1986yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Farg‘ona viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi – 3,6 m, shox-shabbasining qalinligi o‘rtacha, daraxti ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Mevasi sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Mevasi noksimon, asosi uzunchoq bo‘lib, rangi sariq, usti silliq, o‘rtacha tuklangan, o‘rtacha vazni – 204 g.

Hosildorligi – 289,7 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 391,1 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Muallif: A.N. Leyn.

1959yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi 3,5 m bo‘lib, ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi. Mevasi sentyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi.

Mevasi noksimon shaklda, yashilroq sariq rangda, o‘rtacha tuklangan, yirik. Behi mevasining o‘rtacha vazni – 273 g.

Hosildorligi – 116,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 157,1 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

Muallif: A.N. Leyn.

1959yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mevasi yirik (300 g), nok shaklida, yirik keng qirrali, jigarrangsimon tukli. Tuki oson tozalanadi, po‘sti silliq, ko‘kimtir rangli, saqlanganda sariq tusga kiradi. Eti sarg‘ish-oq, zich, bir oz dag‘al, o‘rtacha suvli, sezilar-sezilmas xushbo‘y, taxirroq, nordon-shirin.

Hosildorligi o‘rtacha. Oktyabr boshlarida uziladi, martgacha yaxshi saqlanadi. Saqlanganda po‘stining osti dog‘lanib taxirlashadi.

Mamlakatimiz hududida Xorazm vohasida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: