Qorag‘at – ko‘p yillik butasimon o‘simlik. Qishloq xo‘jaligida oltinsimon, qizil va qora qorag‘atlar yetishtiriladi. Qorag‘at tanasi tik o‘sganda asta rivojlanib, diametri 4,5-5 santimetrga kattalashadi va kichikroq daraxtcha ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Qorag‘at tuproq namligi va mexanik tarkibiga muvofiq vegetatsiya davrida 6 marotabadan 12 marotabagacha sug‘oriladi. Namlik saqlash xususiyati yaxshi bo‘lgan tuproqlarda sug‘orish miqdori 500–800 m3/ga.
Mavjud tabiiy-iqtisodiy omillar bilan sug‘orishni birga qo‘shib borganda qorag‘atdan yuqori hosil olish imkoniyati mavjud.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida oltinsimon qorag‘atning 9 navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: