Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sholi

AGRO.UZ > Sholi
AGRO.UZ > Sholi

Sholi – Boshoqdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simlik turkumi, don ekini. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy.

Sholining mevasi po‘st (parda)li don; doni uzun, ensiz yoki dumaloq enli. Sholi bahorgi issiqsevar va yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi, urug‘i tuproq harorati 10-12 °C bo‘lganda unib chiqadi, 22-27°C da yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120-130 (O‘zbekistonda 100-145) kun, sholi sug‘orib o‘stiriladi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, to‘yimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17-24% amilaza, oqsil, qand, dekstrin, yog‘, vitaminlar bor. Donidan guruch, un, kraxmal, moy, spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi. Poxolidan sifatli qog‘oz, karton, arqon, to‘qilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi.

O‘zbekistonda sholi ekishning quyidagi usullari bor: qo‘lda ekish, ko‘chatlarni va guruchni mexanizatsiyalashgan usulda ekish, suvga botirib ekish usullari. Joriy yildan suvni tejash maqsadida guruchni ko‘chatlab ekish usuli qo‘llanila boshlandi. Bu usulda sholi ko‘chatini kichik maydonlarda yetishtirish hisobiga yillik suv meʼyorining katta qismi iqtisod qilinadi. Bunda sholi ekiladigan joylarning iqlim sharoitidan unumli foydalanish hamda o‘rim-yig‘imni erta muddatlarda o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Qolaversa, har bir gektar yerdan unumli foydalanish natijasida 2 marotaba hosil yetishtirish mumkin.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda sholining 19 navi yetishtiriladi, bular: Avangard, Alanga, Gulzar, Guliston, Guljaxon, Jayxun, Ilg‘or, Istiqbol, Istiqlol, Iskandar, Lazurniy, Mustaqillik, Nukus 2, Nukus 70, Sanam, Sitora,Tantana, Tarona, Uz ROS 7-13.

Sholi navlari

Nav originatori: O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot insitutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Isxakov T.E, Saydaxmedova M, Barayev X, Kuzibayev K, Boboniyozov D.

Navning kelib chiqishi: Alanga navidan tanlab olingan. Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2009-yildan Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Vegetatsiya davri o‘rtacha 92-122 kun. O‘rtacha hosildorlik 85,9 s/ga.

Yotib qolishga chidamliligi 4,5 ball, to‘kilishga chidamliligi 4,0 ball. Nav originator maʼlumotiga ko‘ra navning texnologik va Oziq-ovqatlik sifati yaxshi. Tiniqligi 96,0%, butun guruch miqdori 72,0%. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (perikulyarioz) zararlanmadi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Barayev X, Saydaxmedova M, Isxakov T.

Navning kelib chiqishi: Naylamn x UzRos 59 duragaylaridan tanlab olingan. Vulgaris turiga mansub, cho‘zinchok-dumaloq. 1000 dona don vazni o‘rtacha 33,3 g. Nav tezpishar navlar guruhiga kiradi. Vegetatsiya davri o‘rtacha 110-112 kun. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik 68,1 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (perikulyarioz) zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmadi. Originator maʼlumotiga ko‘ra navning texnologik va yorma sifati yaxshi: tinikligi 90-94%, yorma chiqishi 70-72%, butun guruch mikdori 93%.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm  viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Barayev X, Saydaxmedova M, Djumanov I.

Subvulgaris turiga mansub. Doni o‘rtacha kattalikda, cho‘zinchoq-dumaloq. 1000 dona don vazni o‘rtacha 35,0 g. Nav o‘rtapishar navlar guruhiga kiradi. Vegetatsiya davri o‘rtacha 120-125 kun. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik:  77,5 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (perikulyarioz) zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmadi. Originator maʼlumotiga ko‘ra navning texnologik va yorma sifati yaxshi: tiniqligi 90-95%, yorma chiqishi 70-72%, butun guruch miqdori 95%.

Mamlakatimiz hududida 2012-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm  viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot insituti Qoraqalpoq filialining seleksion navi.

Nav mualliflari: Abillayev U, Kdirbayev A.B, Murzanazarov P, Toreshov P.

Doni o‘rtacha yiriklikda, ovalsimon-yumaloq. 1000 dona don vazni 31,1 g. Vegetatsiya davri 106 kun. Yotib qolishga chidamliligi 4,0 ball, to‘kilishga 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 68,4 s/ga. Nav originator maʼlumotiga ko‘ra navning texnologik va oziq-ovqatlik sifati yaxshi.  Tiniqligi 96,0%, butun guruch miqdori 72,0%. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (perikulyarioz) zararlanmadi.

Mamlakatimiz hududida 2011-yildan Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan va davlat reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy tajriba stansiyasi.

Nav o‘rtapishar, o‘suv davri 105-110 kun, o‘simlik bo‘yi 85-90 sm. Ro‘vagi uzunligi 16-17 sm ni tashkil etadi. 1000 dona don og‘irligi 28-29 g. Shoffofligi 96-98%. Umumiy mahsulot chiqimi 71-72%, shu jumladan butun guruch chiqimi 90-95%. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 7,5-8,0 t/ga hosil olish mumkin. Ekish muddati 10-may-10-iyun. Urug‘ meʼyori 6,0 mln dona/ga.

Kasaliklarga chidamliligi: pirikulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklari dala sharoitida kuzatildi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Nav o‘rtapishar, o‘suv davri 125-128 kun, o‘simlik bo‘yi 128-130 sm. Ro‘vagi uzunligi 18-20 sm ni tashkil etadi. 1000 dona don og‘irligi 32-33 g. Shishasimonligi 98-100%. Guruch chiqishi 71-72%, shu jumladan butun guruch chiqishi 92-95%. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 9,0-9,3 t/ga hosil olish mumkin. Ekish muddati 10-25-may. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga.

Kasaliklarga chidamliligi: pirikulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklariga chidamli.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Nav kechpishar, o‘suv davri 128-132 kun, o‘simlik bo‘yi 115-120 sm. Ro‘vagi uzunligi 22-24 sm ni tashkil etadi. 1000 dona don og‘irligi 34-35g. Shishasimonligi 100%. Guruch chiqishi 63-65%, shu jumladan butun guruch chiqishi 65-70%. Yotib qolishga chidamliligi 4 ball va to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 8,0-9,0 t/ga hosil olish mumkin. Ekish muddati 20-aprel-5-may. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga.

Umumiy tavsifi: Respublikada yaratilgan ilk uzun guruchli sholi navi.

Kasaliklarga chidamliligi: pirikulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklariga chidamli.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.

O‘simlik bo‘yi 120-130 sm. O‘suv davri 135-140 kun. Ro‘vak uzunlgi 18-20 sm. Shishasimonligi 96-98%. Amiloza miqdori 24%. Qobiqligi 18,0-20,0%. Guruch chiqishi 72-73%, shu jumladan butun guruch chiqishi 90-95%. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamli.

Hosildorligi: Navdan qulay sharoitlarda 8,5-9,5 t/gacha hosil olish mumkin.

Agrotexnikasi. Urug‘idan sepib ekish. Ekish muddati 20-30-aprel. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga. Bir gektarga sarflanadigan suv meʼyori  23000 – 25000 m3.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Nav kechpishar, o‘suv davri 137-142 kun, o‘simlik bo‘yi 130-133 sm. O‘suv davri 118-122 kun. Ro‘vagi uzunligi 18-19 sm. 1000 dona don vazni 34-35 g. Shishasimonligi 97-98%. Guruch chiqishi 70-71%, shu jumladan butun guruch chiqishi 90-95%. Yotib qolishgava to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 9,5-9,8 t/ga hosil olish mumkin.

Kasaliklarga chidamliligi: piri-kulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklariga chidamli.

Yetishtirish agrotexnikasi: Ekish muddati 20-30-aprel. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga. Bir gektarga sarflanadigan suv meʼyori 23 000 – 25 000 m3.

Mamlakatimiz hududida barcha  viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Nav kechpishar, o‘suv davri 133-138 kun, o‘simlik bo‘yi 120-123 sm. Shishasimonligi 99-100%. Guruch chiqishi 71-72%, shu jumladan butun guruch chiqishi 90-95%. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 9,2-9,5 t/ga hosil olish mumkin.

Kasaliklarga chidamliligi: pirikulyarioz, fuzarioz, gelmintosporioz kasalliklariga chidamli.

Yetishtirish agrotexnikasi: Ekish muddati 20-aprel-5-may. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga. Bir gektarga sarflanadigan suv meʼyori 20000–22000 m3.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: