Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Makkajo‘xori

AGRO.UZ > Makkajo‘xori
AGRO.UZ > Makkajo‘xori

Makkajo‘xori – Makkajo‘xori bir yillik o‘simlik bo‘lib, boshqa bir yillik boshoqli begona o‘tlardan poyasi, bo‘yini balandligi va barglarini kattaligi bilan ajralib turadi. Makkajo‘xorining poyasi silindrsimon, yo‘g‘on bo‘g‘inli, poyasining yuqorigi qismi otalik ruvaklari bilan tugaydi. Poyasini balandligi 50 sm dan 9 metr gacha boradi. Bo‘g‘inlari 8 sm dan 40 sm gacha bo‘ladi. Poyasi bir kunda 15-20 sm gacha o‘sadi. Barglari parallel to‘rlanishga ega, poyani ikki tomonida ketma-ketlikda joylashadi. Barglarini uzunligi 10 sm dan 1 metrgacha, eni 1 sm dan 15 sm gacha. Unib chiqish davri – urug‘ yerga qadalgandan havo harorati (12°С dan yuqori), tuproqdagi namlik (80 %) meʼyorida bo‘lsa 4-7 kunni tashkil etadi. O‘simlikni unib chiqishdan to‘liq pishishgacha bo‘lgan davri 63-165 kungachani tashkil etadi.

Makkajo‘xori issiqsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka ancha chidamli bahorgi ekin, tuproq harorati 10°С bo‘lganda, 10-12 kunda unib chiqadi. Maysalari -2-3°С sovuqqa chidaydi. Kuzda – 3° da sovuq uradi va oziqalik sifati pasaytiradi. Makkajo‘xorini asosiy ekin tarzida ekish uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t go‘ng va 60-80 kg sof fosfor hisobida o‘g‘it solinadi. Erta bahorda borolanadi yoki yoppasiga kultivatsiya qilinadi. Urug‘lar qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib makkajo‘xori seyalkalarda qatorlab 6-8 sm chuqurlikda ekiladi. Har gektar maydonga 20-25 kg meʼyorda urug‘lik sarflanadi. O‘suv davrida 2 marta – birinchisida gektariga sof 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobida oziqlantiriladi., 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, 4-6 marta sug‘oriladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda makkajo‘xorining 79 navi yetishtiriladi.

Makkajo‘xori navlari

“Erkin” ilmiy ishlab chiqarish firmasida yaratilgan. O‘simlikning bo‘yi 315-320 sm, barglari 18-20 dona. 1000 ta donining vazni 320,0-340,0 g.

O‘rta-kechpishar duragay. Vegetatsiya davri 120-125 kun, kasallik va hasharotlarga kam taʼsirchan. O‘rtacha don hosildorligi 6,1-9,4 t/ga, silos 40,45 t/ga teng. Don chiqishi 80-82 %. 1996-yildan don va silos uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Yuqori lizinli duragaylarga mansub. O‘zbekiston makkajo‘xori ilmiy tajriba stansiyasi seleksion duragayi. Yuqori lizinli duragaylarga mansub. Barglari soni 18-19 ta. O‘simlikning bo‘yi 257-272 sm. 1000 ta donining vazni 338,8 g.

Donning pishib yetilishi davri 102-105 kun. Don hosildorligi 8,0-9,0 t/ga teng. 2001-yil don uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Erta-o‘rtapishar duragay. O‘zbekiston makkajo‘xori ilmiy-tajriba stansiyasi seleksion duragayi.

O‘rtapishar, vegetatsiya davri 88-92 kun. O‘simlik bo‘yi 285-293 sm. Asosiy poyada barglar soni 16-18 ta. 1000 ta donning vazni 300,0-320,0 g. Don hosili 6,1-6,7 t/ga. Bu duragayning donini tovuqlar ozuqasiga qo‘shib berganda tuxumdorligi 10-12 % ga oshadi.

2012-yildan Respublika bo‘yicha don uchun asosiy va takroriy ekin sifatida Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Andijon viloyati “Qorasuv” jamoa xo‘jaligi hamda “Erkin” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining seleksion duragayi.

O‘rtapishar, vegetatsiya davri 90-95 kun. O‘simlik bo‘yi 253-260 sm. Asosiy poyada barglar soni 12-14 ta. 1000 ta don vazni 300,0-320,0 g. Don hosildorligi 6,0-7,6 t/ga. Erta-o‘rtapishar duragay, donning pishib yetilishi davri 92-95 kunni tashkil etadi.

1998-yildan don uchun asosiy va takroriy ekin sifatida Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Turkiya davlatining seleksion duragayi. 2017-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 251-275 sm. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 290,0 g. Vegetatsiya davri o‘rtacha 95-118 kun. Yotib qolishga bardoshli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 62,5 s/ga. Duragayning oziqaboplik sifati yaxshi. Don chiqimi 84,0 %. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ukraina seleksion duragayi. 2015-yildan Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 210-295 sm. 1000 dona urug‘ vazni 280,0 g. Vegetatsiya davri 82-110 kun. Duragay yotib qolishga chidamli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli.

O‘rtacha hosildorlik: 51,2-84,0 s/ga. Don chiqimi 81,0 %. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ispaniya davlatining duragayi. 2011-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Vegetatsiya davri o‘rtacha 94 kun. O‘rta bo‘yli, o‘simlik bo‘yi o‘rtacha 200-220 sm. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 282,3 g. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda don uchun 57,6 s/ga. Don chiqimi 78,7 %. Yotib qolishga bardoshli. Duragayning oziqaboplik sifati yaxshi. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Moldaviya davlatining seleksion duragayi. 2000-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik o‘rta bo‘yli, 210 sm gacha, poyasi o‘rtacha yo‘g‘onlikda, mustahkam. 1000 ta don vazni 268,0-280,0 g. O‘rtacha don hosildorligi gektaridan 70,8 s/ga. Ertapishar duragay. Vegetatsiya davri 93 kun. Duragayning don chiqimi yaxshi, 78,0-80,0%. Yotib qolishga bardoshli, mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Oziqaboplik xususiyati yaxshi: xom oqsil 10,9%, kraxmal 71,4%. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Moldaviya davlatining seleksion duragayi. 2007-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Duragay bahorgi sovuqqa chidamli. O‘rta bo‘yli, o‘simlik bo‘yi o‘rtacha 150,0-200,0 sm. Vegetatsiya davri 85-98 kun  1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 209,0-308,6 g. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda don uchun 42,5-50,7 s/ga, silos uchun 350-450 s/ga. Don chiqimi 72,0-82,0%. Yotib qolishga bardoshli. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Vengriya davlatining seleksion duragayi. 2017-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi 262 sm. Poyasi baquvvat. 1000 dona don vazni o‘rtacha 280,0 g. Vegetatsiya davri o‘rtacha o‘rtacha 97 kun. Duragay yotib qolishga chidamli, 5,0 ball. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 60,8 s/ga. Don chiqimi 81,0 %.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Vengriya davlatining seleksion duragayi. 2017-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi 268 sm. Poyasi baquvvat. 1000 dona don vazni o‘rtacha 268,0 g. Vegetatsiya davri o‘rtacha 98 kun. Duragay yotib qolishga chidamli, 5,0 ball. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorligi 62,5 s/ga. Don chiqimi 81,0 %.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Vengriya davlatining seleksion duragayi. 2017-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi 263 sm. 1000 dona don vazni o‘rtacha 273,0 g. Vegetatsiya davri o‘rtacha 96 kun. Duragay yotib qolishga chidamli, 5,0 ball. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Hosildorligi o‘rtacha 51,0 s/ga. Don chiqimi 81,0 %.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Serbiya davlatining seleksion duragayi. 2012-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Oddiy duragay. O‘simlik bo‘yi 200-280 sm. Poyasi baquvvat. 1000 dona don vazni o‘rtacha 295,0-310,0 g. Ertapishar. Vegetatsiya davri o‘rtacha 100 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 47,7 s/ga. Oziqaboplik sifati yaxshi. Don chiqimi 80,0 %.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Fransiya davlatining seleksion duragayi. 2012-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Duragay o‘rta bo‘yli, bo‘yi 200-220 sm. 1000 dona don vazni o‘rtacha 242,0 g. O‘rtapishar. Vegetatsiya davri o‘rtacha 92 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 33,7-43,0 s/ga. Oziqaboplik sifati yaxshi. Don chiqimi 71,0 %.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Shveysariya davlatining seleksion duragayi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha  210-280 sm. 1000 dona urug‘ vazni 261,0 g. Vegetatsiya davri takroriy muddatlarda 95 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda 49,1 s/ga. Don chiqimi 77,8%.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Shveysariya davlatining seleksion duragayi. 2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 225-310 sm. 1000 dona urug‘ vazni 260,0 g. Vegetatsiya davri takroriy muddatlarda 100 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda 48,0 s/ga. Don chiqimi 76,4%.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan

Mamlakatimizning Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Shveysariya davlatining seleksion duragayi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha  228-295 sm. 1000 dona urug‘ vazni 256,0 g. Vegetatsiya davri takroriy muddatlarda 100 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda 48,5 s/ga. Don chiqimi 76,7%.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Niderlandiya davlatining seleksion duragayi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 208-308 sm. 1000 dona urug‘ vazni 280,0-369,0 g. Vegetatsiya davri o‘rtacha 90-111 kun. Duragay yotib qolishga chidamli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 48,8-90,0 s/ga. Don chiqimi 80,0%.

Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Shveysariya davlatining seleksion duragayi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 220-270 sm. 1000 dona urug‘ vazni 259,0 g. Vegetatsiya davri takroriy muddatlarda 93 kun. Duragay yotib qolishga chidamli – 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik takroriy muddatlarda 48,5 s/ga. Don chiqimi 77,1 %. Sinov yillarida kasalliklar va hasharotlar bilan zararlanish holatlari kuzatilmagan.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: