Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Jo‘xori

AGRO.UZ > Jo‘xori
AGRO.UZ > Jo‘xori

Jo‘xori g‘alladjoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘simlik turkumi, don va yem-xashak ekini. Vatani Markaziy Afrika. Donli jo‘xorining ildiz tarmog‘i popuk ildiz, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlari esa 2,5 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi somonpoya, bo‘yi 0,5-7 m gacha, o‘rtacha 2-3 m, poyaning ichi g‘ovak paranxima to‘qimalari bilan to‘lgan. Poyasi 8 tagacha. Bargi keng, 20-25 ta bo‘ladi. To‘pgulli ro‘vak, uzunligi 15-60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqaradi, bittasi meva hosil bo‘ladi, chetdan changlanadi. Doni dumaloq, tuxumsimon; rangi oq sariq yoki sariq. Doni tarkibida 61-84% kraxmal, 10-15% oqsil (lizin), 1,5-6,5 % gacha yog‘ bor.

Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Maysasi -1°С da nobud bo‘ladi, 30-40°С issiqqa chidaydi. Yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Sho‘rga chidamli. O‘suv davri 75-100 kun. Bahorda (aprel-may) harorat 13-15°С bo‘lganda keng qatorlab ekiladi (qator orasi 60, 70 sm). Urug‘ ekish normasi 5-10 kg/g, urug‘lar 3-5 sm chuqurlikka ekiladi., ko‘chat qalinligi har gektarda 70-100 ming tupga boradi. Ekilgan urug‘lar 10-15 kunda maysalaydi, 25-30 kundan keyin tuplanadi, 40-50 kunda nav o‘rash davriga kiradi, ro‘vak chiqarish davri 55-65 kunga boradi, ro‘vak chiqarganidan keyin 5-6 kun o‘tgach gullaydi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda jo‘xorining 9 navi yetishtiriladi.

Jo‘xori navlari

Nav originatori: Qoraqalpog‘iston respublikasi «Altin Bashak» ilmiy ishlab chiqarish markazi seleksion navi.

Nav mualliflari: Massino I.V, Yedenbayev D.

Nav o‘rta bo‘yli, 150-175 sm, supurgisi tik turuvchi, yirik, tuxumsimon. Bitta supurgi vazni 180-189 g. Nav tezpishar, vegetatsiya davri 129-131 kun. Nav sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli.

O‘rtacha hosildorlik: 61,4 s/ga. Oqsil miqdori 11,2%, don chiqishi 79,4-80,0%.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan zararlanmadi.

2010-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari. 

Nav originatori: Makkajo‘xori ilmiy-tadqiqot stansiyasi seleksion navi.

Nav mualliflari: Yedenbayev D, Massino I, Azizov K.

O‘simlik baland bo‘yli, 2-2,5 m. Supurgisi tik turuvchan, yirik, tuxumsimon, cho‘zinchoq. Bitta supurgisining vazni 135-139 g. O‘rtapishar. Vegetatsiya davri Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 118-127 kun. To‘kilishga va poyasi sinishga chidamli. Qurg‘oqchilikga va sho‘rga bardoshli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. O‘rtacha hosildorlik 46,7 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanmadi. Navning ozuqabopligi yaxshi: protein miqdori o‘rtacha 9,6%, don chiqishi 80,0 % gacha.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2012-yildan Qoraqalpog‘iston respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari bo‘yicha  Davlat reyestriga kiritilgan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: