Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Tariq

AGRO.UZ > Tariq
AGRO.UZ > Tariq

Tariq – boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik don ekini. Ildizi popuksimon,150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi – poxolpoya (20-150 sm). Doni qobiqli, shakli yumaloq, oval yoki cho‘ziq, rangi oq, sariq, qizg‘ish, jigarrang, 1000 donasining vazni 4-9 g. Tariq issiqsevar, qurg‘oqchilikka, sho‘rga chidamli o‘simlik. Urug‘i harorat 8-10 °С bo‘lganda unib chiqadi, 12-15 °С da maysalari ko‘kara boshlaydi. O‘suv davri 60-100 kun. Donida 10-15% oqsil, 50% uglevod, 3,8% moy mavjud. Donidan spirt olishda, bo‘za tayyorlashda foydalaniladi. Oqlangan doni (so‘k) mazali va to‘yimli oziqa hisoblanadi. Tariq uni non yopishda ko‘pincha javdar uniga qo‘shiladi.

Kasalliklari: qora kuya, bakterioz.

Zararkunandalari: tariq chivini, poya parvonasi va boshqalar.

Ekish muddati va sxemasi: Sug‘oriladigan yerlarda ang‘izga takroriy ekin sifatida iyun oyida va iyulning boshlarida 45×15 yoki 60×15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 4-5 sm. 10 sotix maydonga 1,2-1,6 kg urug‘ sarflanadi.

Hozirgi kunda O‘zbeksitonda tariqning 1 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan tariq mahsuloti Ozarbayjon, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Koreya, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Tariq navlari

Respublikamizning shartli sug‘oriladigan va lalmikor yerlarida ekish uchun rayonlashtirilgan. U siqiq (zich) ro‘vakli tariq kenja turiga mansub. Qurg‘oqchilikka chidamli, ro‘vagi yirik, kalta va zich, kam egiluvchan. Doni to‘q qizil, yirik. 1000 ta don vazni 6,8 g. Doni kam to‘kiladi. O‘suv davri 60-105 kun. Takroriy ekilganda o‘suv davri 10-15 kunga qisqaradi.

Hosildorligi: sug‘oriladigan yerlarda 25-30 s/ga.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: