Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Afrika qo‘nog‘i

AGRO.UZ > Afrika qo‘nog‘i
AGRO.UZ > Afrika qo‘nog‘i

Afrika qo‘nog‘i – bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashqi ko‘rinishidan makkajo‘xori va sorgo (oqjo‘xori, qo‘qon jo‘xori)ga o‘xshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Janubiy Yevropaning quruq iqlimli zonalarida yetishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan ko‘k ozuqa va pichan tayyorlanadi.

100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm bo‘ladigan protein, 100 kg pichanida 50 ozuqa birligi va 8,2 kg hazm bo‘ladigan protein bor. Issiqsevar, yorug‘sevar va qurg‘oqchilikka chidamli. Qumloq va qo‘ng‘ir tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. 1 ga yerga 5-10 kg urug‘lik sarflanadi, urug‘lar 5-6 sm chuqurlikka ekiladi.

Hosildorligi: ko‘k massa bo‘yicha 80-500 s/ga, sug‘oriladigan maydonlarda 800-1000 s/ga, don bo‘yicha 11-40 s/ga. O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ITIida Afrika qo‘nog‘ini O‘zbekiston sharoitlarida o‘stirish tavsiyalari ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda O‘zbeksitonda Afrika qo‘nog‘ining 1 ta navi yetishtiriladi.

Afrika qo‘nog‘i navlari

Nav originatori: O‘zbekiston makkajo‘xori ilmiy-tadqiqot stansiyasi navi.

Nav mualliflari: Boboyev F., Massino I., Massino A., Toderich K.

Boshoqdoshlar oilasiga mansub. Bo‘yi 1.5-3.5 metrga boradigan bir yillik o‘simlik.

Urug‘lari boshoqsimon, zich, tup gulida yetishadi. Vatani Afrika. Doni – non o‘simligi sifatida asosan, Marokko, Somali, Xindistonda; yem-xashak olish uchun esa Janubiy Yevropa, Amerika va Avstraliyada o‘stiriladi. Afrika qo‘nog‘i MDH va Ukrainaning janubida, Shimoliy Kavkazda, Volga bo‘ylari hamda O‘rta Osiyoda ekilishi mumkin. Donli to‘yimli ovqat hisoblanib, hayvon va parrandalar uchun yem bo‘ladi. Ko‘k poyasini chorva xush ko‘rib yeydi. Undan silos va pichan tayyorlash mumkin. Donidan pivo pishirishda, spirt va kraxmal olishda foydalaniladi. Afrika qo‘nog‘i har gektar yerdan 26-42 s/ga don, 780 s gacha ko‘k poya hosil beradi.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2014-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: