Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Tritikale

AGRO.UZ > Tritikale
AGRO.UZ > Tritikale

Tritikale – bug‘doy va javdar xususiyatlarini mujassam etgan o‘simlik, g‘alla ekini. Tritikalening kuzgi va bahorgi shakllari mavjud. Ildizi yaxshi rivojlangan, tuproqqa 1,5-2,0 m gacha kirib boradi, murtak ildizlari 6 ta, poyasi nisbatan baland (90-150 sm), boshog‘i uzun (10-15 sm), doni yirik. Boshog‘ining tashqi gul qobig‘ida qiltanoq o‘sadi. Tritikale 5°С va undan yuqori haroratda una boshlaydi, 20°С maqbul hisoblanadi. Kuzda ekiladi. Ekilgandan keyin 5-7 kunda unib chiqadi. Tuplanish davri kuzda boshlanib, bahorda davom etadi, qishda 18-20°С sovuqqa chidashi mumkin. O‘zbekistonda ekiladigan navlarining amal davri 165-200 kun, o‘zidan va chetdan changlanadi. Tritikale yorug‘sevar, uzun kun, namsevar o‘simlik. Unish paytida, nay o‘rash, donlanish va to‘lishish davrlarida suvni ko‘p talab etadi. Tuproq unumdorligiga talabchan emas, yer tanlamaydi, lekin sho‘rlangan, botqoqlangan tuproqlarni yoqtirmadi. Tritikale doni to‘yimliligi bo‘yicha bug‘doy va javdarga nisbatan yuqori. Donida 11-12 %, pichanida 10-11% oqsil bor. Non pishirish uchun sifati bug‘doydan past. Zamburug‘li va virusli kasalliklarga bardoshli.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda tritikalening 6 navi yetishtiriladi.

Tritikale navlari

Nav originatori: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Navning kelib chiqishi: Jahon kolleksiyasining Meksika namunasidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan.

Nav mualliflari: Djumaxanov B., Kurbonov G., Morgunov A., Alimov J., Ziyadullayev Z., Jurayev M.

Biologik kuzgi. Doni o‘rtacha yiriklikda. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 47,8 g. Nav baland bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 100 sm dan 134 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 4.0-5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 53,6 s/ga.  Vegetatsiya davri 201-212 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmadi.

2008-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat Reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi seleksion navi.

Navning kelib chiqishi: №Plot-40 VAR-18 Meksika namunasidan yakka tanlash usuli orqali yaratilgan.

Nav mualliflari: Adilov X, Umarov J, Umirov N, Isokov K.

Biologik kuzgi. 1000 dona don vazni o‘rtacha 34,0-42,0 g. Nav o‘rta bo‘yli navlar guruhiga kiradi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 71 sm dan 81 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik kuzgi muddatda 19,9-23,2 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 188-150 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan. 2016-yildan lalmikor yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Novoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Navning kelib chiqishi: (578193) Meksika namunasidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan.

Nav mualliflari: Djumaxanov B., Kurbonov G., Morgunov A., Alimov J., Ziyadullayev Z., Jurayev M.

Biologik kuzgi. Doni o‘rtacha yiriklikda. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 46,8 g. Nav baland bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 100 sm dan 135 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 4,0-5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 53,8 s/ga. Vegetatsiya davri 189-190  kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

2008-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat Reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: