Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Bug‘doy

AGRO.UZ > Bug‘doy
AGRO.UZ > Bug‘doy

Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumi. 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Bug‘doyning ildiz tizimi popuk ildiz bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma  qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizldar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi – sidirg‘a bo‘g‘imlarga bo‘lingan somonpoya, bo‘yi 40-130 sm. Bug‘doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog‘liq.

Bug‘doy ko‘proq o‘zidan changlanadi. Mevasi don. Bo‘liqligi jihatidan yumshoq (urvoqli) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqli) bug‘doyga bo‘linadi. Yumshoq bug‘doy boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig‘i boshog‘idan kaltaroq; doni oq yoki qizg‘ish, ko‘ndalang kesimi dumaloq, ichi, asosan, unsimon. Qattiq bug‘doy boshog‘i zich, qiltiqlari boshog‘idan uzun va tik o‘sadi. Doni to‘yimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10-12% dan 20-25% gacha, yovvoyi turlarida 25-30% gacha) kraxmal (60-64%), yog‘lar, vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar bor. Bug‘doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Boshoqlash davrida namga talabchan. Qurg‘oqchilik hosildorlikni pasaytiradi. Kuzgi bug‘doyning vegetatsiya davri kuzda 45-50, bahor-yozda 75-100 kun, bahorgi bug‘doyniki 90-100 kun. Kuzgi bug‘doy qor qoplami qalin bo‘lganda – 35°С gacha sovuqqa chidaydi. Bahorgi bug‘doy maysalari -8-10°С daraja sovuqqa bardosh beradi. Sug‘orilidagan mintaqalarda kuzgi bug‘doyni makkajo‘xori, g‘o‘za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo‘shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va sho‘rlangan tuproqda yaxshi o‘smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12-15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7-8 sm ekiladi. Ekish meʼyori – lalmi yerlarda gektariga 70-110 kg, sug‘oriladigan mintaqalarda 170-200 kg, ekish chuqurligi 4-6 sm; kuzgisi chuqurroq ekiladi, ekish meʼyori 10-15% ortiq olinadi, urug‘lik ekish oldidan saralab, dorilanadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bug‘doy ekiladigan yerga ekishdan oldin har gektar yerga 10-15 t go‘ng, 40-80 kg fosfor, 40-100 kg azot, kaliy solish tavsiya etiladi. O‘suv davrida ham ekinzor o‘g‘itlanadi, suvli yerlarda o‘suv davridja 2-3 marta sug‘oriladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda bug‘doyning 93 navi yetishtiriladi.

Bug‘doy navlari

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va don dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Siddiqov R.I, Teshaboyev S.E.

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub. Boshog‘i piramidasimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda, oq rangli. Doni yirik, qizil rangda, tuxumsimon shaklda.  1000 dona don vazni o‘rtacha 40,4 g dan 58,0 g gacha.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha: 80 sm dan 105 sm gacha.

Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 38,0 s/ga dan 72,9 s/ga gacha.  Vegetatsiya davri 185-225 kun. Respublika don inspeksiyasi laboratoriyasining maʼlumotiga ko‘ra navning non yopish bahosi 2,5 ball.  Kleykovina miqdori 25 %.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar  ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filiali seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanov A, Siddiqov R, Umirov N, G‘aybullayev S, Jo‘rayev M.

Biologik bahorgi (ikki faslli). Eritrospermum turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 40,0-41,3 g. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 115-118 sm. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamlili, 4,5 ball. Qurg‘oqchilikka chidamliligi 4,5-5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik:  8,7-23,0 s/ga. Vegetatsiya davri 189-192 kun.

Bahorgi muddatda konkurs sinovida o‘rtacha hosildorlik 7,3-14,8 s/ga, vegetatsiya davri 94 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (zang) zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: UzFA genetika va O‘EB ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Baboyev S, Turakulov X, Murzikova I, Chinnikulov B, Nizomova X.

Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda, sariq rangli. Doni yirik, tuxumsimon shaklda, oq rangda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 38,5 g dan  43,5 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 80 sm dan 110 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 40,2 s/ga dan 68,5 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 208-230 kun.

Mamlakatimiz hududida Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va don dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Siddiqov R.I, Teshaboyev S.E, Tolonov R, Jalolov T, Puchkov Yu, Nabakov G, Kudryashov I, Solyarek T, Bespalova L, Fomenko N.

Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda, oq rangli. Doni o‘rtacha yiriklikda, qizil rangda, ovalsimon shaklda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 41,0 g dan 44,5 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 90 sm dan 100 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Vegetatsiya davri 192-210 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan (zang) zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan. Navning texnologik va non yopish sifati yaxshi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi  Krasnodar qishloq  xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Puzirnaya, V.R.Kerimov, Yu.M.Puchkov, V.A.Alfimov, I.B.Ablova, L.P.Filabok, I.N.Kudryashov, N.P.Fomenko, G.I.Bukreyeva, T.I.Gritsay, T.V.Konotop.

Don hosildorligi o‘rtacha 53,9-61,0 s/gacha. Navning vegetatsiya davri 208-225 kun. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 41,1 gr. Nav yotib qolishga chidamli, qishga chidamliligi 5,0 ball, don to‘kilishiga chidamli. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish xolatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Puzirnaya, R.O.Davoyan, N.P.Fomenko, Yu.M.Puchkov, V.R.Kerimov, V.A.Alfimov, L.P.Filabok, I.N.Kudryashov, G.I.Bukreyeva, T.V.Konotop.

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub.  Doni o‘rtacha kattalikda, 1000 dona don vazni o‘rtacha 40.2  g – 40.5 g gacha. Nav past bo‘yli navlar guruhiga mansub, o‘simlik bo‘yi o‘rtacha 64 sm dan 100 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 37.4 s/ga dan 57,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri O‘zbekiston janubida o‘rtacha 184 kun, qolgan viloyatlarda o‘rtacha 203-211 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi  Krasnodar qishloq  xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: F.A.Kolosnikov, N.M.Martyuk, L.A.Bespalova, N.P.Fomenko, I.N.Kudryashov, V.A.Alfimov, N.I.Lisak, L.P.Filabok, I.B.Ablova, T.I.Gritsay, V.G.Zima G.I.Bukreyeva.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2013 yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 39,0 g. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 85 sm dan 105 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball, qishga chidamliligi O‘zbekiston sharoitida 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 39,0 s/ga dan 54,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 185-205 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Puzinaya, R.O.Davoyan, A.V.Novikov, V.R.Keremov, I.N.Kudryashov, N.P.Fomenko, L.P.Filabok, V.A.Alfimov, G.I.Bukreyeva, I.V.Bebyakin,  V.I.Yefremenkova.

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub.  1000 dona don vazni o‘rtacha 39,0 g-41,0 g gacha.

Nav o‘rta bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 70 sm dan 100 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi O‘zbekiston sharoitida 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 44,0 s/ga dan 59,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 186-205 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va don dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo filiali seleksion navi.

Nav mualliflari: Fayzullayev I.F, Omonov A.O, Bespalova L.A.

Boshog‘i piramidasimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda, doni yirik, yarim cho‘zinchoq shaklda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 36,8 g dan 42,6 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 80 sm dan 90 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 4,0 ball, qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 52,1 s/ga dan 58,5 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 183-212 kun.

Mamlakatimiz hududida Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot institutida P.P.Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda yaratilgan.

Nav mualliflari: R.To‘lanov, S.Teshaboyev, I.Egamov, T.Jalolov, A.Mansurov, V.B.Timofeyev, L.F.Dudka, V.Ya.Kovtunenko, V.A.Filobok, L.A.Bespalova, I.N.Kudryashov

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2009 yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat Reyestriga kiritilgan. Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda, oq rangda. Doni o‘rtacha yiriklikda, qizil rangda, ovalsimon-cho‘zinchoq shaklda.  1000 dona don vazni o‘rtacha 37,1 g dan 42,0 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 90 sm dan 106 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 42.1 s/ga dan 62,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 191-211 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Puzirnaya, Yu.M.Puchkov,  N.P.Fomenko, V.R.Keremov, A.V.Novikov, V.A.Alfimov,  I.N.Kudryashov, G.I.Bukreyeva,  L.P.Filobok, N.I.Lisak, V.G.Zima, T.M.Konotop.

1000 dona don vazni o‘rtacha 38,0 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 90 sm dan 106 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 56,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 203 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanov A, Tulaganov N, Ziyodullayev Z, Asilov T, Amanov Sh.

Biologik kuzgi. Grekum turiga mansub. Doni o‘rtacha yiriklikda, sarg‘ish-oq rangda, ovalsimon shaklda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 40,0 g dan 50,0 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 98 sm dan 102 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 4.0-5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 43,6 s/ga dan 61,5 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 210-224 kun.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Samarqand qishloq ho‘jalik instituti va “FARBOMA SELEKT” ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaligi  seleksion navi.

Nav mualliflari: G.S. G‘aybullayev, M.G. Usmanov, T.E. Ostonaqulov,  N.X. Xalilov, I.T. Ergashev

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub. Boshog‘i prizmatiksimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda, qizil rangda. Doni yirik, qizil rangda, tuxumsimon shaklda. O‘simlik bo‘yi 75-80 sm, yotib qolishga chidamli, qishga chidamliligi 5,0 ball, don to‘kilishiga chidamli. Don hosildorligi o‘rtacha 58,0-70,5 s/gacha. Navning vegetatsiya davri 201-207 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti va P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq  xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida yaratilgan seleksion nav.

Nav mualliflari: Siddikov R, Egamov I, Djalolov T, Mansurov A, Romanenko A, Bespalova L, Nabakov G.

Biologik kuzgi. Eritrospermum turiga mansub. Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda, oq rangda. Doni yirik, qizil rangda, tuxumsimon shaklda. O‘simlik bo‘yi 75-90 sm, nav yotib qolishga chidamli, qishga chidamliligi 5,0 ball, don to‘kilishiga chidamli. Don hosildorligi o‘rtacha 48,2-56,5 s/ga. Vegetatsiya davri 216 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Yu.M.Puchkov, G.D.Nabakov, T.F.Solyarek, L.A.Bespalova, I.N.Kudryashov, I.B.Ablova, L.P.Filobok, G.I.Bukreyeva O.A.Zinovkina, N.P.Fomenko, A.M.Vasilyeva, V.I.Yefremenkova, L.V.Klinushkova.

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub. Doni yirik, tuxumsimon. Don hosildorligi o‘rtacha 38,5-57,7 s/ga. Vegetatsiya davri 220-236 kun.O‘simlik bo‘yi 80-105 sm, nav yotib qolishga chidamli, qishga chidamliligi 5,0 ball, don to‘kilishiga chidamli. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi seleksion navi.

Nav mualliflari: Jo‘rayev M, G‘aybullayev S, Siddikov R, Amanov A.

Biologik kuzgi. Eritrospermum tur xiliga mansub. Doni o‘rtacha kattalikda. Boshog‘i silindrsimon, oq, o‘rtacha uzunlikda. Don hosildorligi 6,0-27,7 s/ga. Vegetatsiya davri 163-185 kun. 1000 dona urug‘ vazni 38,2-42,2 gr. Qishga chidamliligi 4,0 ball.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Pzirnaya, V.R.keremov,  Yu.M.Puchkov, V.A.Alfimov, I.B.Ablova, L.P.Filobok, I.N.Kudryashov,   N.P.Fomenko, G.I.Bukreyeva, T.I.Gritsay, T.V.Konotop.

Biologik kuzgi. Lyutessens turiga mansub.  Doni o‘rtacha kattalikda, 1000 dona don vazni o‘rtacha 38.9  g – 42.8 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 83 sm dan 100 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 42,7 s/ga dan 58,3 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 203-218 kun.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanov A, Ziyadullayev Z, Amonov O, Jo‘rayev D.

Biologik kuzgi. Melyanopus tur xiliga mansub. Doni o‘rtacha kattalikda. Cho‘zinchoq, sarg‘ish-oq rangda. Boshog‘i prizmatiksimon, oq, o‘rtacha uzunlikda. Don hosildorlik 5,6-28,0 s/ga. 1000 dona don vazni o‘rtacha 39,2-44,0 g. Vegetatsiya davri 163-186  kun. Qishga chidamliligi 4,0 ball.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va don dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav muallifi: Siddiqov R.I.

Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda, qizil rangli. Doni o‘rtacha yiriklikda, qizil rangda, tuxumsimon shaklda. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 100 sm dan 105 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 40,3 s/ga dan 65,5 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 182-220 kun.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2006-yildan Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari:  Abdullayev O, Omonov A, Ziyodullayev Z.

Biologik kuzgi. Eritrospermum turiga mansub. Boshog‘i silindrsimon shaklda, o‘rtacha uzunlikda, oq rangda. Doni o‘rtacha yiriklikda, qizil rangda.   O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 90 sm dan 105 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 40,0 s/ga dan 57,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 190-230 kun.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2011-yildan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat Reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va don dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol filiali seleksion navi.

Nav mualliflari: Umarov J, Adilov X, Amanov A, Urinbayev T.

Boshog‘i silindrsimon shaklda, oq, o‘rtacha uzunlikda. Doni o‘rtacha kattalikda, oq-sariq, yarim cho‘zinchoq shaklda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 36,9 g dan  39,6 g gacha. Nav yotib qolishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 10,3 s/ga dan 19,9 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 192-198 kun. Nav originatorining maʼlumotiga ko‘ra navning makaronboplik sifati 4,5 ball.  Kleykovina miqdori 28 %. Oqsil 15,1%.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2011-yildan Jizzax, Qashkadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari bo‘yicha lalmikor yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat Reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda yaratilgan.

Nav mualliflari: Tulanov R, Djalolov T, Teshaboyev S, Kostin V, Mudrova A, Solyarek T, Bespalova L.

Kuzgi qattiq bug‘doy. Lyutessens turiga mansub. Doni o‘rtacha kattalikda, 1000 dona don vazni o‘rtacha 39,2  g – 43,7 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 90 sm dan 100 sm. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 43,3 s/ga dan 59,4 s/ga gacha. Vegetatsiya davri o‘rtacha 195-227 kun.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar:  2007-yildan Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: V.V.Kostin, A.A.Mudrova, L.A.Bespalova, N.P.Fomenko, M.I.Domchenko, I.N.Kudryashov, V.A.Alfimov, I.B.Ablova, L.P.Filobok.

Doni o‘rtacha kattalikda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 45,0 g dan  49,2 g gacha. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 82 sm dan 85 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 52,0 s/ga dan 63,2 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 230 kun.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2012-yildan Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol filiali seleksion navi.

Nav mualliflari: Siddiqov R, Xayitboyev A, Umirov N, Jo‘rayev M.

Biologik bahorgi. Grekum turiga mansub. Boshog‘i silindrsimon shaklda, oq, o‘rtacha uzunlikda. Doni o‘rtacha kattalikda, tuxumsimon, qizil rangda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 31,4 g. Nav o‘rta bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 75 sm dan 100 sm gacha. O‘rtacha hosildorlik  31,4-45,3 s/ga. Vegetatsiya davri o‘rtacha 96-100 kun.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2013-yildan Jizzax viloyati bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarida bahorgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Nav originatori: Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanov A, Ziyadullayev Z, Alikulov S, Ziyayev Z.

Biologik kuzgi. Eritrospermum turiga mansub. Boshog‘i piramidasimon shaklda, oq rangda, doni o‘rtacha kattalikda, cho‘zinchoq shaklda, sarg‘ish oq rangda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 41,3 g.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 65 sm dan 80 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. Sug‘oriladigan Davlat nav sinash uchastkalarda o‘rtacha hosildorlik 40,0 s/ga dan 58,0 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 186-212 kunda pishib yetiladi.

Ekishga tavsiya etilgan mintaqalar: 2014-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda kuzgi muddatda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: