Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Yer yong‘oq

AGRO.UZ > Yer yong‘oq
AGRO.UZ > Yer yong‘oq

Yer yong‘oq – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, moyli ekin. Vatani Janubiy Amerika (Braziliya). Yer yeng‘oqning ildizi o‘qildiz, tuproqqa chuqur kirib boradi, azot to‘plovchi tuganaklar hosil qiladi. Poyasi o‘tsimon, balandligi 50-60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bag‘irlab o‘sadi. Har bir barg qo‘ltig‘ida gulto‘plam (shingil) joylashgan. Gullari ikki jinsli, rangi sariq, zarg‘aldoq. Yer tagidagi gullari ochilmaydi, o‘zidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, so‘ng pastga qarab o‘sadi, 8-10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi. Dukkagida 2-4 tagacha urug‘i bo‘ladi. 1000 ta dona urug‘ining vazni 200-1500 g (o‘rtacha 400-500 g.) Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkagi bo‘ladi.

Yer yong‘oq – issiqsevar, namsevar, yorug‘sevar va qisqa kun o‘simligi. Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi o‘smaydi. Urug‘i 12-15° da unib chiqadi, maysasi -1° sovuqda nobud bo‘ladi. O‘suv davri 150-170 kun. O‘zbekistonda yer yong‘oq sug‘oriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 s/ga. Mevasi tarkibida 48-66% yog‘, 23-38% oqsil va 22% gacha uglevodlar bor. Urug‘i va yog‘i qandolatchilikda ishlatiladi. Yog‘i qurimaydigan yog‘larga kiradi, sifati jihatidan zaytun yog‘iga tenglashadi. Poyasi, bargi chorva va hayvonlari uchun yaxshi oziqa. Yer yong‘oq tuproqda biologik azot to‘plab, tuproq unumdorligini oshiradi. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (aprel oxirida) tuproq harorati 14-15° ga ko‘tarilganda ekiladi. Fosforli va azotli o‘g‘itlarga talabchan. Gektariga 70-100 kg urug‘lik sarflanadi. O‘sish davrida 4-6 marotaba sug‘oriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, o‘suv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz bo‘g‘zi tuproq bilan ko‘milsa, hosildorlik ancha oshadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yer yong‘oqning 4 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yer yong‘oq mahsuloti Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Gruziya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Tukmaniston va Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Yer yong‘oq navlari

Nav originatori: O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanova M., Rustamov A.

Vegetatsiya davri: 150 kun. Poya balandligi: 35-38 sm. Yon shoxlar soni 5-13 ta. Barg rangi yashil, urug‘i rangi qizil. 1000 dona urug‘ vazni 1000-1036 gr.

Hosildorligi: 40 s/ga. Moy miqdori 49,8%. Sinov davrida qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari kuzatilmadi.

2015-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari:  Amanova M, Rustamov A, Xolikulov 3, Nigam Sh, Xodjiyev P.

Valinsiya turiga mansub. Poyasi to‘g‘ri. O‘simlik o‘rtacha balandlikda. Birinchi shoxda o‘rtacha 8-9 ta navda bor. Bargi keng, ellipssimon shaklda. Guli och sariq rangda. Dukkaklari ixcham joylashgan. O‘rtacha bitta o‘simlikda 45 dukkak bo‘ladi. Dukkaklar rangi och sariq sariq kulrang.

Urug‘i qizil, ovalsimon, o‘rtacha kattalikda, ko‘rinishi chiroyli. 1000 ta donining vazni o‘rtacha 600,0 g. Ertapishar. O‘rtacha 128 kunda yetiladi. Pishishi 75,0-82,0%.

O‘rtacha hosildorligi: gektaridan 22,0 sentner. Navni boshoqli don ekinlari o‘rimidan keyin takroriy ekin sifatida ekish mumkin. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlarga bardoshli. Donidagi yog‘ miqdori 48,5%, oqsil miqdori 21,0% ni tashkil etadi.

2006-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarida, Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Amanova M, Rustamov A, Xolikulov 3, Nigam Sh, Mavlyanova R.

Virgin turiga mansub. Poyasi qisilmagan. O‘simlik o‘rtacha balandlikda. Birinchi shoxda o‘rtacha 9 ta navda bor. Bargi keng, ellipssimon shaklda.

Guli och sariq rangda. Dukkaklari ixcham joylashgan. O‘rtacha bitta o‘simlikda 50 dukkak bo‘ladi. Dukkaklar rangi och sariq sariq kul rang.

Urug‘i qizil, ovalsimon, yirik kattalikda, ko‘rinishi chiroyli. 1000 ta donining vazni o‘rtacha 720,0 g. Nav o‘rtacha 145 kunda yetiladi. Pishishi 74,0-82,0%.

O‘rtacha hosildorligi: gektaridan 31,0 sentner. Nav mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlariga bardoshli. Donidagi yog‘ miqdori 51,0%, oqsil miqdori 18,0% ni tashkil etadi.

2006-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Qibray-4 urug‘lari yirik bo‘lganligi sabali maqbul ekish sxemasi 70×20 sm, yaʼni har gektar maydonda o‘rtacha 75-80 ming tagacha ko‘chat, qoldirilganda yaxshi natijalarga erishildi. Urug‘likning ekish meʼyori Qibray-4 navi uchun 60-65 kg tavsiya etiladi.

1998-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: