Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Kanakunjut

AGRO.UZ > Kanakunjut
AGRO.UZ > Kanakunjut

Kanakunjut – sutlamadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. Vatani – Shimoliy-Sharqiy Afrika. Kanakunjutning poyasi o‘tsimon, ichi kovak, tik o‘sadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo‘laklarga bo‘lingan. Guli mayda, yashil, gulto‘plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat.

Mevasi – uch uyali ko‘sakcha. Ayrim poyalarda ko‘sakchalar yetilganda chatnaydi. Urug‘i – tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug‘i vazni 150-500 g, tarkibida 40-57% moy mavjud.

Kanakunjut issiqsevar, yorug‘sevar, namsevar o‘simlik, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82-86) guruhiga kiradi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda kanakunjutning 1 navi yetishtiriladi.

Kanakunjut navlari

Bu nav Xerson qishloq xo‘jalik institutida yakka tanlash yo‘li bilan changlangan. Duragay ponylyatsiyadan ajratib olin.

Moy miqdori yuqori urug‘ida o‘rta hisobda 64% ga yetadi. Mexanizatsiya bilan ekishga yaroqli.

1981-yildan sug‘oriladigan zonalar uchun iqlimlashtirilib, davlat reyestriga kiritildgan.

Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: